Nordikda yangi o‘quv yili qachondan boshlanadi?

Nordik Xalqaro Universitetida yangi o‘quv yili 15-sentyabrdan boshlanadi. Talabalar bu yil double degree, 2+2 va 3+1 dasturlari orqali O‘zbekistondagi hamda xorijdagi nufuzli universitet diplomini olish imkoniga ega bo‘ladilar.
Yangi o‘quv yilida talabalar Buyuk Ipak Yo‘li bo‘yida, shahar markazlaridan birida joylashgan yangi zamonaviy binoda ta’lim olishadi. Bino nafaqat qulay transport tizimiga ega, balki keng auditoriyalar, innovatsion jihozlar va talabalarga moslashtirilgan o‘quv muhitini taqdim etadi. Shu sababli talabalar ilm olish jarayonida maksimal qulaylik va samaradorlikka ega bo‘lishadi.
Talabalar xalqaro almashinuv dasturlari, Work & Travel va amaliyotlar orqali o‘zlarini global darajada sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shu bilan birga, dual degree va 2+2 dasturlari ularni xalqaro karyera yo‘liga tayyorlaydi, turli madaniyatlar va ilg‘or o‘qitish metodlari bilan tanishtiradi.
Nordikda qabul jarayoni davom etmoqda. Agar siz ham 15-sentyabrdan boshlab yangi zamonaviy binoda ta’lim olishni, xalqaro diplom va karyera imkoniyatlarini qo‘lga kiritishni xohlasangiz, hozirgi fursatdan foydalaning.
📱 Hujjat topshirish: https://oliygoh.uz/nordik 📞 Savollar bo‘lsa: +998555084400 📍 Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani 22A-uy