Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Xalqaro Nordik universiteti yangi o‘quv yilida o‘z talabalariga ajoyib tuhfa tayyorladi!

09-oktabr 10:02
Xalqaro Nordik universiteti yangi o‘quv yilida o‘z talabalariga ajoyib tuhfa tayyorladi!

Respublikamizning 14 ta ma’muriy hududidan ilm olish maqsadida poytaxtimizga kelgan talaba-yoshlar va ularning ota-onalari yana bir yangi, zamonaviy jihozlangan o‘quv binoda tantanali kutib olindi!

Universitet rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Sherzod Mustafakulov talabalikka qadam qo‘ygan yoshlarni ilk muvaffaqiyatlari bilan samimiy tabrikladi. Xalqaro Nordik universiteti faoliyati, ilm-fan rivojiga qo‘shayotgan hissasi bilan tanishtirib o‘tdi. Ularga ilm olish, talabalik fursatlaridan unumli foydalanish borasida tavsiyalar berdi.

Musiqa sadolari ostida ramziy lenta kesilib, yangi o‘quv bino tantanali ochildi va talabalar kampus-turda o‘z oliygohlari bilan yaqindan tanishdilar.

  • Ice-breaking o‘yinlar;
  • quvnoq rasmlar;
  • Yevropa kinofestivali;
  • Finlandiya kuni: Yevropa mamlakatlariga sayohat taassurotlari;
  • kahoot qiziqarli sinov-test o‘yinlari va sovg‘alar;
  • yangi ta’lim maqsadlari treningi!

Xalqaro Nordik universiteti "Orientation week" o‘quv tanishtiruv haftaligi ana shunday qizg‘in kechmoqda!

Xalqaro Nordik universiteti - bizga qo‘shiling!

2-yangi o‘quv bino G‘afur Gulom metro bekatiga yaqin masofada! (Sirk yoniga kelib chapga qarang!)

15-oktyabrgacha kontrakt-to‘lovni amalga oshirib, talabalar safiga qo‘shiling!

Siz ham Xalqaro Nordik universiteti bilan o‘z maqsadlaringizni amalga oshirish!