Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Xalqaro Nordik universiteti nimasi bilan xalqaro!?

25-avgust 08:00
Xalqaro Nordik universiteti nimasi bilan xalqaro!?

1. Xalqaro Nordik universiteti (XNU) dunyoda yetakchi fin kompaniyalari bilan strategik hamkorlikda ochilgan. Kareliya amaliy fanlar universiteti, "Nokia" transmilliy korporatsiyasi, “ISKU” kompaniyasi, “Helsingin Suomalainen Yhteiskoulu (SYK)” umumta’lim maktabi, Solar Finland va Finnish Water Forum kabi o‘nlab fin kompaniyalari bilan rasmiy hamkorlikda faoliyat yuritmoqda.

2. Xalqaro Nordik universitetixalqaro imkoniyatlarga katta yo‘l ochib, kunduzgi va sirtqi ta’lim talabalari uchun yozgi ta’tilda "Work and travel" dasturi asosida Finlandiya, Norvegiya, Daniya kabi Nordik davlatlarida 300 o‘rinli ish va sayohatni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarni imzolagan.

3. Finlandiyadagi1000 talikka kirgan Kareliya UAS bilan qo‘shma dastur asosida “Xalqaro biznes” va “Sanoatni boshqarish” yo‘nalishlarida xalqaro mutaxassislar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Bu talabalarga Finlandiyada ta’lim olish yoki O‘zbekistonda turib fin ta’limini egallash va xalqaro diplom (double degree ) olish imkoniyatini taqdim etadi.

4. XNUga o‘qishda kirib, talaba almashish dasturi (exchange) asosida Finlandiya, Italiya, Amerika, Yaponiya va Koreya kabi rivojlangan davlatlarda ta’lim olish mumkin. Bakalavriat va magistraturada Italiyaning dunyodagi 1400 ta universitet ro‘yxatida 457-o‘rinda turuvchi Trento universitetida o‘qish imkoniyati mavjud.

5. Xalqaro Nordik Universitetitalabalarning bakalavriat bosqichidan so‘ng hamkor xorijiy davlatlardagi yetakchi kompaniyalarda ishlashi, stajirovka yoki o‘z biznes start-up loyihalarini amalga oshirishlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

6. Xalqaro Nordik universiteti xalqaro platforma vazifasini bajarib, ilk “O‘zbekiston - Finlandiya xalqaro biznes forumi”ni o‘tkazdi. Forumda ikki davlat vazirlik va idoralari, dunyoning yetakchi fin kompaniyalari - Nokia, Reka Cables, FinnPartnership, Honka, Kone, Suokone kabi 30 dan ortiq kompaniya rahbarlari va mutaxassislari, Finlyandiyaning XAMK amaliy fanlar universiteti hamda OAVlar vakillari ishtirok etdilar. Nufuzli anjumanda fin va mahalliy biznes vakillarining B2B, B2G uchrashuvlari tashkil etilib, o‘zaro hamkorlik shartnomalari imzolandi, kelajakda istiqbolli loyihalar bo‘yicha 10 dan ortiq kelishuvlarga erishildi.

7. Xalqaro Nordik universiteti tomonidan xorijiy va mahalliy pedagoglar uchun Finlandiyaga 4 marotaba ta’lim safarlari uyushtirildi. Universitet bazasida fin ta’lim ekspertlari ishtirokida yurtimiz ta’lim sohasi vakillari uchun doimiy tarzda onlayn va offlayn seminarlar o‘tkazilmoqda. 100 nafardan ortiq qozog‘istonlik pedagoglar, maktab direktorlari ishtirokida “Finlandiyada ta’lim: maktablarda raqamli infratuzilma va xalqaro PISA tadqiqoti doirasida o‘qitish usullari” mavzusida xalqaro o‘quv kurslarining 5 ta fasli o‘tkazildi. Finlandiyalik ekspertlar ishtirokida soha faollarida xalqaro malakalar shakllantirib borilyapti.

8. Xalqaro Nordik universitetida “Finlandiya ta’lim kechasi” o‘tkazildi. Xalqaro Nordik universiteti va Kareliya amaliy fanlar universiteti o‘rtasida bitim, Finlyandiyaning Milliy ta’lim agentligi va UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi o‘rtasida Anglashuv memorandumlari imzolandi. Universitetda Mikayel Agrikola nomidagi “Fin tili va madaniyati markazi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

9. XNU o‘zbekistonlik talabalarning Finlyandiyada ta’lim olishlariga shart-sharoit yaratib, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash va yetakchi sohalarga Finlyandiyaning ilg‘or texnologiyalari joriy etishga puxta poydevor yaratmoqda. Shuningdek, 2 marotaba finlandiyalik yoshlarning yurtimizga tashriflari uyushtirildi. Finlandiyada mashhur Helsingin Suomalainen Yhteiskoulu, ya’ni Finlandiya-Xelsinki qo‘shma ta’lim maktabi direktori va o‘quvchi-yoshlarining yurtimizga va universitetga tashriflari yangi bilim, tajriba va qadriyatlar almashish asos bo‘ldi.

10. XNU O‘zbekiston-Finlandiya huquqshunoslarining o‘zaro tajriba almashishlariga hissa qo‘shmoqda. O‘zbekistonlik bir guruh huquqshunoslarning Finlandiya Adliya vazirligi, Bosh prokuraturasi va boshqa huquq-tartibot tashkilotlariga tashriflari amalga oshirildi. Shuningdek, XNU Finlandiyaning Xelsinki universiteti Huquq ustuvorligi markazi (Rule of law centre), Toshkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorlikda “Huquq ustuvorligini ta’minlash: Finlandiya tajribasi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi va bu huquqiy davlatning tajribalari keng o‘rganildi.

11. Xalqaro Nordik universiteti ko‘magida Finlyandiya Respublikasining ta’lim bo‘yicha nufuzli ekspertlari viloyatlar hokimlarining ta’lim maslahatchisi faoliyatiga jalb etilmoqda. Savoniya universiteti professori, ta’limda AKTni joriy etish bo‘yicha mutaxassis, Finlyandiya maktablarida yangi o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha 25 yillik tajribaga ega Petri Lunaskopri Qashqadaryo viloyati hokimining ta’lim maslahatchisi etib tayinlandi. Finlyandiya va Yevropada o‘qituvchilarni qayta tayyorlash va ta’limni rivojlantirish bo‘yicha 25 yildan ortiq tajribaga ega o‘quv dizayneri, ta’lim maslahatchisi Hanne Koli Navoiy viloyati hokimining ta’lim bo‘yicha maslahatchi sifatida faoliyat olib boryapti. Toshkent viloyati maktablarida ham ta’lim maslahatchisi fin tajribasini tatbiq etish bo‘yicha qimmatli maslahatlari bilan faol ishtirok etmoqda.

XNUga onlayn hujjat topshirish:

https://admission.nordicuniversity.org/

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun:

+99855 508 44 00;

@nordikedu

Web-site: https://nordicuniversity.org/

Telegram: @nordic_edu