Xalqaro Nordik universiteti haqida nimalarni bilish muhim!?
Ushbu maqola Finlandiya bilan hamkorlikda ochilgan Xalqaro Nordik universiteti bilan hamkorlikda tayyorlandi.
Ushbu maqolada sizlarga Shimoliy Yevropa davlatlari, xususan Finlyandiya oliy ta’lim modeliga asoslanib Toshkent shahrida ochilgan ilk xalqaro xususiy oliygoh - Xalqaro Nordik universiteti haqida ma’lumotlar taqdim etamiz. Maqola orqali universitetda zamonaviy ta’lim olish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, maqsad va tamoyillar, yo‘nalishlar haqida keng ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.
Keling, avval Xalqaro Nordik universitetining qanday tashkil etilgani va ko‘rsatilayotgan ta’lim xizmatlari bilan tanishaylik
- Xalqaro Nordik universiteti - 2022-o‘quv yilida Toshkent shahrida O‘zbekiston-Finlyandiya tashqi ishlar vazirlarining10-yig‘ilishidagi kelishuv asosida tashkil topgan. Shimoliy Yevropa mamlakatlarining ta’lim sohasidagi ilg‘or yutuqlariga asoslangan xususiy oliygohdir. 2022-yil 8-avgust kuni universitet № 034528 raqamli lisenziyasi asosida o‘z faoliyatini boshlab yubordi.
- Universitet fin va o‘zbek hamkorligining ilk yirik natijasi, Finlyandiya oliy ta’lim tizimining O‘zbekistondagi yagona aksi, Toshkentdagi birinchi ta’lim klasteridir.
- Universitet 12 tabakalavriat yo‘nalishi (kunduzgi, sirtqi va maxsus sirtqi) va 6 ta magistratura mutaxassisligi va 4 ta PhD ixtisosligi bo‘yicha zamonaviy mutaxassislar tayyorlamoqda.
- Xalqaro Nordik universitetidaO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining qarori asosida ilmiy daraja beruvchi Ilmiy kengashtuzildi. Talabalarga magistraturani tugatgach, universitetda doktorantura va mustaqil izlanuvchilik institutiga kirib, ilmiy tadqiqotlarni davom ettirishlari uchun imkoniyat yaratildi.
-
XNUda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining № 057211 raqamli Guvohnomasi asosida "Nordic" ilmiy-amaliy elektron jurnalini nashr etilmoqda. Jurnalda o‘zbek, rus, ingliz va fin tilida ilmiy maqolalar nashr etiladi.
-
Akademik faoliyatini rivojlantirish uchun o‘quv qo‘llanmalar va darsliklar yozmoqchi bo‘lgan talabalar uchun “Nordic” nashriyoti ochildi. Bu borada universitet bilan hamkorlik qilinsa, nashriyot va bosmaxonalar qidirishga hojat bo‘lmaydi.
-
Maktabda oʻqib turib, XNUda ham oʻqish mumkin! Universitet qoshida o‘qishga kirishda qator imkoniyatlarni taqdim etuvchi “Foundation maktabi” faoliyat ko‘rsatmoqda. 9, 10 va 11-sinf o‘quvchilari Xalqaro Nordik universitetining Foundation dasturini muvaffaqiyatli bitirib, 2-kursdan o‘qishni davom ettirishlari mumkin!
-
Shimoliy Yevropa mamlakatlari kompaniyalari bilan o‘rnatilgan shartnomalarga muvofiq, universitet talabalari manzilli ravishda “Work and Travel” dasturi orqali uch oygacha xorijga yuborilmoqda.
Asosiy maqsad - ta’lim jarayoniga zamonaviy fin pedagogik texnologiyalari va modellarini joriy etish, ochiq axborot-ta’lim muhitini rivojlantirish, oliy ta’lim – ilm-fan – ishlab chiqarish integratsiyasi asosida ilmiy-tadqiqotlar faoliyati va innovatsion-korporativ hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, malakali mutaxassislarni tayyorlash.
Universitet missiyasi - jahon, xususan fin ta’limiga uyg‘un integratsiyalashuv asosida ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish, respublika iqtisodiyot tarmoqlariga innovatsiyalarni joriy qilishni rag‘batlantirish, bilim va ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish imkoniyatlarini kengaytirish.
Xalqaro Nordik universiteti o‘z oldiga qanday vazifalarni qo‘ygan?
- XNU Finlyandiya va boshqa rivojlangan shimoliy mamlakatlar uchun O‘zbekistonda inson kapitali va biznesni rivojlantirish, ta’lim, startaplar hamda xalqaro loyihalar bo‘yicha hamkorlik markazi, zamonaviy va innovatsion platforma vazifasini o‘taydi.
- Xalqaro va mahalliy mehnat bozori uchun raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash, ularni aniq kasblar bo‘yicha malakasini oshirishga xizmat qiladigan qisqa muddatli kurslar tashkil etadi.
- Finlyandiyaning Kareliya amaliy fanlar universiteti bilan hamkorlikda talabalarning qo‘shma ta’lim dasturlarida o‘qishiga sharoit yaratadi.
- Talabalarning qiziqish sohalari, qobiliyatlarini o‘rganib, guruhlarga ajratish, startap loyihalari, innovatsion g‘oyalar tanlovlari, intellektual bahslarda ishtiroklarini ta’minlashga e’tibor qaratadi.
- Xorijiy ekspert va professorlar ishtirokida talabalar uchun maxsus mahorat darslari, seminar-treninglar tashkil etadi.
- Iqtidorli talabalarning maqolalarini Scopus/Web of Science bazalarida mavjud bo‘lgan ilmiy jurnallarda chop etishga ustoz-shogird an’analari orqali ko‘maklashish va boshqalar.
Xalqaro Nordik universiteti sizlarni quyidagi istiqbolli yo‘nalishlarda o‘qishga taklif etadi!
Bakalavriat (kunduzgi):
➖Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha);
➖Moliya;
➖Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar;
➖Boshlang‘ich ta’lim;
➖Maktabgacha ta’lim;
➖Maxsus pedagogika (Logopediya);
➖Musiqa ta’limi;
➖Psixologiya (amaliy psixologiya);
➖Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili);
➖Kompyuter injiniringi;
➖Xalqaro biznes (Finlandiya bilan qo‘shma dastur);
➖Sanoatni boshqarish (Finlandiya bilan qo‘shma dastur).
Sirtqi ta’lim shakli:
➖Iqtisodiyot;
➖Moliya;
➖Psixologiya (amaliy psixologiya);
➖Maktabgacha ta’lim.
Maxsus sirtqi ta’lim shakli (3 yil mehnat staji):
➖Maktabgacha ta’lim.
➖Psixologiya (amaliy psixologiya);
➖Iqtisodiyot;
➖Moliya;
Maxsus sirtqi ta’lim shakli (5 yil mehnat staji):
➖Musiqa ta’limi;
➖Boshlang‘ich ta’lim.
Magistratura:
➖Pedagogika va psixologiya;
➖Ta’lim muassasalari boshqaruvi;
➖Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Boshlang‘ich ta’lim);
➖Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Maktabgacha ta’lim);
➖Jahon iqtisodiyoti;
➖Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha).
PhD ixtisosliklari:
08.00.07 - "Finance, money circulation and credit";
08.00.13 - "Management";
08.00.03 - "Industrial Economics";
13.00.02 - "Theory and methods of education and training" (economics).
XNUga onlayn hujjat topshirish:
https://admission.nordicuniversity.org/
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun:
Web-site: https://nordicuniversity.org/
Telegram: @nordic_edu