Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Qaysi o‘qituvchilarga attestatsiyadan o‘tmasdan malaka toifasi beriladi?

Bugun, 14:11
Qaysi o‘qituvchilarga attestatsiyadan o‘tmasdan malaka toifasi beriladi?

Qaysi o‘qituvchilarga malaka toifasi attestatsiyadan o‘tkazilmasdan beriladi?

Quyidagi pedagog kadrlarga malaka toifasi (lavozimi) attestatsiyadan o‘tkazilmasdan beriladi:

  1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari jismoniy tarbiya yo‘riqchilari:

    • Tuman (shahar) bosqichi g‘olibini tayyorlaganikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi).
    • Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi g‘olibini tayyorlaganbirinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi).
    • Xalqaro va respublika bosqichi g‘olibi yoki sovrindorlarini tayyorlaganoliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi).
  2. Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari:

    • Tuman (shahar) bosqichi g‘olibini tayyorlaganikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi).
    • Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi g‘olibini tayyorlaganbirinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi).
    • Xalqaro va respublika bosqichi g‘olibi yoki sovrindorlarini tayyorlaganoliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi).
  3. Jismoniy tarbiya fan olimpiadasi va "Besh tashabbus olimpiadasi" ishtirokchilari:

    • Tuman (shahar) bosqichi g‘oliblari yoki sovrindorlarini tayyorlaganikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi).
    • Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi g‘oliblari yoki sovrindorlarini tayyorlaganbirinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi).
    • Xalqaro va respublika bosqichi g‘oliblari yoki sovrindorlarini tayyorlaganoliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi).
  4. Xalqaro fan olimpiadalari sovrindorlarini tayyorlagan o‘qituvchilar:

    • Xalqaro matematika (IMO), fizika (IPhO), kimyo (IChO), biologiya (IBO) va informatika (IOI) olimpiadalarida oltin, kumush yoki bronza medal sovrindorlarini tayyorlagan ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlari — oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi).
  5. Uzluksiz 15 yil ishlagan oliy malaka toifasidagi o‘qituvchilar:

    • Oliy malaka toifasiga ega bo‘lib, uni 15 yil davomida uzluksiz saqlab kelgan pedagog kadrlaroliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi).