Youth Green Camp: Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadigan 2 kunlik oromgoh
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Youth Council tomonidan 27-28-noyabr kunlari Qirgʻizistonning Norin shahrida tashkil etilayotgan “Youth Green Camp” ikki kunlik oromgohi Markaziy Osiyo va Afgʻonistondagi atrof-muhit va ekologik muammolaridan boxabar qilish va ularga yechim topish maqsadida tashkil etilgan. Markaziy Osiyo va Afgʻonistonning barcha mamlakatlaridan oʻrta ta’lim muassasalari va universitet talabalari eng kuchli yetakchi mutaxassislardan saboq olish, mintaqaviy ekologik va atrof-muhit muammolarni muhokama qilish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Shu bilan birga, “Youth Green Camp” ishtirokchilari “Markaziy Osiyo va Afgʻonistondagi atrof-muhit va ekologik muammolar” masalalariga oʻz yechimlarini taqdim etish va ularni amalga oshirish uchun mikrograntlar yutib olishlari ham mumkin.
Kimlar qatnasha oladi?
- Markaziy Osiyo va Afg‘onistonning ekologiya mavzusiga qiziquvchi ingliz tilida dars o‘tiladigan o‘rta ta’lim yoki universitet talabalari;
- Qirg‘izistonning Norin viloyatidan kelgan o‘rta ta’lim yoki universitet talabalari;
- Turkmanistonning Bishkek, O‘zbekiston, Tojikiston, Afg‘oniston, Qozog‘istonning o‘rta ta’lim va universitet talabalari.
Eslatma! Barcha nomzodlar ingliz tilida ravon so‘zlasha olishlari kerak.
Imtiyozlar:
- Ishtirokchilar bepul ichki transport va turar-joy;
- Qirgʻizistonning Norin shahrida boʻlib oʻtadigan ikki kunlik oromgohda ishtirok etish;
- Markaziy Osiyo va Afgʻonistonning atrof-muhit va ekologik muammolarga yechim topishda kuchli mutaxassislardan maslahat olish;
- Ekologik muammolarga yechim sifatida berilgan eng yaxshi loyihalarni amalga oshirish uchun mikrograntga ega bo‘lish.
Dasturda ishtirok etish uchun shu yerdagi arizani to‘ldirish kifoya.
Dasturga ariza topshirishning so‘nggi muddati: 23-noyabr
Saralangan ishtirokchilar 24-noyabrda e’lon qilinadi.