Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

"Qizlar ovozi" maktabining 3-mavsum uchun ro‘yxatdan o‘tish jarayonlariga start berildi!

10.11.2021 21:32

Davlat:

O‘zbekiston

Rasmiy havola:

docs.google.com

Grant turi:

Tanlovlar

Umumiy Ma’lumotlar:

So‘ngi yillarda yoshlarning rivojlanishi uchun, juda katta sharoitlar yaratilgani hech birimizga sir emas.
Shu bilan bir qatorda, turli sohalarda kuchli salohiyatga ega bo‘lgan qizlarimiz uchun ham qator imkoniyatlar o‘z eshigini keng ochdi. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi qoshidagi "Qizlar ovozi" klubi o‘z faoliyatini bundan 2 yil oldin, 2019 yil boshlagan edi. Klubning eng oliy maqsadlaridan biri, yurtimizning turli hududlarida faoliyat olib borayotgan, faol qizlarni bir platformaga jamlash, ular uchun fikr va malaka almashish maydonini yaratishdan iborat bo‘lgan. Ilk saylovlar ochiq va shaffof tarzda o‘tkazilib klub o‘z oldiga qo‘ygan birinchi maqsadini amalga oshirdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shu tariqa, respublikamizning 14 viloyatiga koordinatorlar saylandi va saylovlar so‘ngida 14 koordinator o‘zlari uchun Respublika koordinatorini ovoz berish yo‘li bilan sayladilar. Eslatib o‘tish joiz-ki, saylangan koordinatorlarning faoliyat olib borish muddati bir yil etib tayinlangan edi. Hozir, ushbu qizlar o‘z vazifalarini yangi koordinatolarga topshirganlaridan so‘ng ham, turli sohalarda o‘z faoliyatlarini davom ettirib, katta yutuqlarga erishib kelmoqdalar. Yaqin tarixga qarab, shuni aytishimiz mumkin-ki, "Qizlar ovozi" klubi juda ko‘pchilik qizlarning faoliyatida birinchi katta qadam bo‘ldi.

"Qizlar ovozi" maktabining 3-mavsum uchun ro‘yxatdan o‘tish jarayonlariga start berildi!

Ro‘yxatdan bu yerdan o‘tishingiz mumkin o‘tishingiz mumkin:

Ro‘yxatdan o‘tish bosqichidan so‘ng, dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan Qizlar ovozi maktabida, har bir hududdan saralab olingan qizlar, 4 kun davomida mutaxassislar tomonidan maxsus darslarda ishtirok etadilar va o‘z loyihalari ustida ish olib boradilar.

🏆 Shuningdek, Qizlar ovozi forumi doirasida g‘olib loyiha mualliflari taqdirlanadi.