Raqamli Texnologiyalar Sohasidagi Jinoyatlarning Oldini Olish: O‘quvchilarga Yangiliklar va Amaliyot Imkoniyatlari
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Hukumat qarori bilan 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab Raqamli texnologiyalar sohasidagi jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda O‘zbekiston milliy universitetida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.
Shuningdek, nazariyani amaliyot bilan uyg‘unlashtirishga yo‘naltirilgan raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarning oldini olish yo‘nalishida 3-4-o‘quv kurslari talabalari ichki ishlar va prokuratura organlarida o‘quv rejalarida belgilangan muddatlarda amaliyot (stajirovka) o‘tashi tashkil etiladi.
Bundan tashqari, universitetlarni raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarning oldini olishga doir mutaxassislik fanlari bo‘yicha o‘qishni tamomlagan talabalar huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi xizmatga belgilangan maxsus tartiblar va talablar asosida qabul qilinadi.