Registonning DTM blok testlari

10.04.2022 13:12
Registonning DTM blok testlari

Ushbu maqola Registon o'quv markazi bilan hamkorlikda tayyorlangan

Agar siz abituriyent bo‘lsangiz, katta ehtimol bilan Registon o‘quv markazining oylik DTM testlari haqida eshitgan bo‘lishingiz mumkin. Chunki onlayn va offlayn formatda tashkil etiladigan bu test sinovlari butun Respublika bo‘ylab o‘zning munosib o‘rniga ega bo‘lishga ulgurgan.

✅ Nega aynan Registonning oylik DTM testlari bu darajada muvaffaqiyatga erishgan? Sizga quyidagi 5 ta sababni keltiramiz:

Mutlaqo bepul ishtirok etish imkoni

Registonning oylik test sinovlari mutlaqo bepul bo‘lib, istalgan abituriyent internet va telegram bo‘lgan istalgan joyda test materiallarini qo‘lga kiritishi va ularni maroq bilan yechishi mumkin

Eng sifatli test materiallari

Registon ta’lim loyihasi tashkil etadigan o‘zbek va rus tillaridagi, barcha yo‘nalishlar bo‘yicha bo‘ladigan test sinovlarining har bir test savollari malakali mutaxassislar tomonidan tayyorlanadi va barcha talablari DTM standartlari bo‘yicha tavsiya etilgan kvalifikatsiyaga to‘la mos keladi.

Umuman qotmaydigan telegram bot

Registon ta’lim loyihasi tashkil etadigan test sinovlarining online formati loyihaning telegram kanal kanalida (@Registan_LC) maxsus telegram bot (@rgn_test_bot) yordamida tashkil etiladi. Registan IT school dasturlash maktabining malakali dasturchilari tomonidan yaratilgan bu aqlli bot 10-20 minglab abituriyentlardan bir vaqtning o‘zida test javoblarini qabul qilish imkoniga ega va shu vaqtga qadar aslo qotish nimaligini bilmagan.

G‘oliblarning munosib taqdirlanishi

Bu test sinovlarining Respublika bo‘ylab mashxurlikka erishishida eng katta rol o‘ynagan sabablardan biri bu, shubhasiz g‘oliblarning taqdirlanishi hisoblanadi. Har safar eng kamida 50 nafar eng yuqori natijani egallagan test ishtirokchilari turli xildagi pul yutuqli vaucherlar yutib olishadi.

Test sinovlarining muntazamligi

Registon ta’lim loyihasining DTM standartlaridagi onlayn test sinovlari oxirgi 3 yildan buyon muntazam tashkil etilib kelinmoqda. Ayniqsa, karantin davrlarida bu loyiha o‘zining eng yuqori mashxurligiga erishgan desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz.

Eslatib o‘tamiz, Registon ta’lim loyihasi tashkil etadigan DTM standartidagi test sinovlari ortida hechqanday moddiy manfaat ko‘zlanmagan. Yurtimiz abituriyentlarining yuqori marralarga erishishi uchun oz bo‘lsada hissa qo‘shish asosiy maqsadlaridan biri.

Siz ham Registonning DTM standartidagi testlarida bepul qatnashishni istaysizmi? U holda telegramdagi @Registan_LC kanalini kuzatib boring. Telegram kanalda barcha yangiliklar xabar berib boriladi.

Ma’lumot uchun, Ko‘p yillardan beri abituriyentlarining yirik natijalari orqali mashhur bo‘lgan Registon o‘quv markazi Respublikamizda eng yirik ta’lim markazlaridan biri bo‘lib, hozirda markazning Respublika bo‘ylab 15 ta filiali mavjud. Ushbu markazda 7 yil davomida 30 minga yaqin yoshlar tahsil olishgan va ko‘plab yutuq hamda natijalarga erishgan.

Hozirda Registon o‘quv markazida 350 dan ziyod o‘z sohasining professional ustozlari qo‘l ostida 10 minga yaqin yoshlar tahsil olib kelmoqda. Markaz o‘z faoliyatini boshlagandan buyon har yili minglab yoshlarni oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda ko‘mak beradi va yoshlar uchun xalqaro imtihon sertifikatlariga (IELTS, CEFR, TOPIK, HSK) tayyorlashda eng yetakchi markazlardan biridir.

Sizning hayotingizni tanlov o‘zgartiradi. Registon o‘quv markazi jamoasi sizning ulkan maqsadlaringizga tezroq yetishishingiz uchun kafolat beramiz.

Markazda o‘qish uchun ro‘yxatdan o‘tish: @rgn_uzbot

Registon o‘quv markazining barcha filiallari haqida ma’lumotlarni mana bu manzil orqali tanishishingiz mumkin: https://oliygoh.uz/post/registon-filiallari

Fizikani videodarslar orqali Professional ustozlardan BEPUL o'rganing.
– Registon o‘quv markazi