Rossiyada oliy ta’lim muassasasining litsenziyasi bekor qilindi
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
Rossiyaning ta’lim sohasida nazorat bo‘yicha federal xizmati “Yakutsk gumanitar instituti”ning ta’lim litsenziyasini bekor qildi. Ushbu qaror ta’lim sohasidagi majburiy talablarni buzilishi natijasida qabul qilingan.
Ogohlantirish olgan universitetlar
Shuningdek, beshta boshqa oliy ta’lim muassasasi ham ta’lim talablarini buzmaslik bo‘yicha ogohlantirishlar oldi. Ular quyidagilar:
- Sankt-Peterburg milliy tadqiqot akademik universiteti
- Ilmiy-tadqiqot tibbiyot instituti “Astra-Sfera”
- MGIMO-MED tibbiyot universiteti
- “Reaviz” tibbiyot universiteti
- Shimoliy Kavkaz xalqlar do‘stligi instituti
Mazkur ogohlantirishlar ta’lim sohasidagi nazorat tekshiruvlari natijasida berilgan bo‘lib, muassasalar faoliyati muntazam monitoring qilinishi belgilangan.