Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Rossiya: Bakalavriat va magistratura dasturlari uchun qisman va to‘liq grantlar hamda 1700 rubl oylik stipendiya

13.05.2022 22:40
Rossiya: Bakalavriat va magistratura dasturlari uchun qisman va to‘liq grantlar hamda 1700 rubl oylik stipendiya

Muddati:

14.08.2022

Davlat:

Rossiya

Rasmiy havola:

www.hse.ru

Grant turi:

Bakalavriatura, Magistratura

Universitet va grant dasturi haqida qisqacha:

National Research University Higher School of Economics (Rus tilida: Национальный исследовательский университет «Высшая школа экономики») - 1992 yilda tashkil etilgan va asosiy bo‘limi Rossiyaning Moskva shahrida joylashgan jamoat tadqiqot universiteti hisoblanadi.

See the source image

Universitet tomonidan taqdim etilayotgan ayni vaqtda 2 xil turdagi grant dasturi taqdim etilmoqda:

1. HSE Golden Scholarship dasturi - universitetning bakalavr va magistratura dasturlariga qabul qilingan a’lochi xalqaro talabalarni kirish sinov testlari asosida saralab olib, g‘oliblarni o‘quv kursi to‘lovidan to‘liq ozod etish va oylik 1700 rubl stipendiya bilan rag‘batlantirishni ko‘zda tutadi.

2. Tuition fee waivers (qisman grantlar): universitetning bakalavr va magistratura dasturlariga qabul qilingan a’lochi xalqaro talabalarni kirish sinov testlari asosida saralab olib, ularning ko‘rsatgan natijalari asosida ma’lum foizda o‘quv dasturi to‘lovlari uchun chegirma berishni ko‘zda tutadi.

Grant uchun tanlov jarayoni:

Grant dasturi uchun nomzodlik qilish niyatida bo‘lgan xorijiy talabalardan dastur uchun alohida hujjat topshirishlari talab qilinmaydi. Shunchaki o‘zlari tanlagan bakalavriat (bu yerdan) yoki magistratura (bu yerdan) kurslari uchun ariza topshiradilar. Shundan so‘ng ular tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha universitetning maxsus kirish sinovlaridan o‘tishlari kerak. Kirish sinovlarini topshirishda nomzodlar test (bakalavriat dasturlari uchun) yoki portfolio tanlovi va intervyu (magistratura dasturlari uchun) jarayonlarida yuqori ball to‘plashlari kerak. Eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan nomzodlar HSE Golden Scholarship granti uchun avtomatik tarzda tanlab olinadi. Qisman taqdim etiladigan grantlarning miqdori esa nomzodlarning kirish sinovlarida qo‘lga kiritgan ko‘rsatkichlari asosida quyidagicha belgilanadi va ko‘rsatilgan foizdagi grant qiymati o‘quv to‘lovi pulidan chegirib beriladi:

  • Bakalavriat:
    • 140-149 ball - 25%;
    • 150-169 ball - 50%;
    • 170 balldan yuqori - 70%.
  • Magistratura
    • 50-59 ball - 25%;
    • 60 balldan yuqori - 50%.

Talablar: Nomzodlardan universitetning bakalavriat yokida magistratura bosqichlaridan biriga hujjat topshirib yuqori ball to‘plash talab etiladi. Grant uchun alohida test yoki imtixonlar b’lmaydi. Faqatgina ariza shaklini to‘ldirish jarayonida grant uchun nomzod ekanligingizni ko‘rsatish kifoya.

Ayni vaqtda universitetning 2022-yil kuzgi o‘quv dasturlari uchun qabul davom etmoqda. Qabul quyidagi sanalargacha davom etadi:

Grant qanday taqdim etiladi:

Grant dasturi bo‘yicha nomzodlarni o‘quv to‘lovidan ozod qilish kirish sinovlari tugagandan so‘ng avtomatik ravishda nomzodlar ko‘rsatkichlari asosida taqdim etiladi. Bu yerdan ariza topshirishingiz mumkin.

Eslatma: "Fizika" yo‘nalishi bakalavriatura o‘quv dasturlari uchun grant ajratilmaydi.

Grant dasturiga tanlov jarayoni yo‘riqnomasini bu yerdan yuklab oling.

Batafsil rasmiy saytda