Ruxsatnoma berish boshlandi. O‘qishga kirishda imtiyoz beradigan imtihon 4-martdan boshlanadi
01.03.2023 20:57

Natija 1% ilhomlanish va 99% harakatga bog’liq– Registon o‘quv markazi
Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha mart oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.
Bu haqda bilim va malakalrni baholash agentligi xabariga ko‘ra, test sinovining yozma qismi 4-5-mart kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 9-11- va 13-17-mart kunlari bo‘lib o‘tadi.
Test sinovlari barcha hududlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi.
- Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” (https://my.gov.uz/oz/request) bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.
Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Joriy yilda majburiy blok fanlari 15 tadan bo‘ladimi yoki 10 tadan?
17.03.2023 23:34
Milliy sertifikat imtihon natijasi qanday hisoblanadi?
17.03.2023 23:32
Milliy sertifikat test savollari haqiqatan ham qiyinmi?
14.03.2023 00:34