Samarqand davlat chet tillar institutining Narpay va Payariq tumanlarida fakultetlari ochiladi

23.04.2021 05:07
Samarqand davlat chet tillar institutining Narpay va Payariq tumanlarida fakultetlari ochiladi
Maqsad qoʻyish va yangi orzularni amalga oshirish uchun hech qachon kech emas
– Registon o‘quv markazi

Samarqand viloyatining ikkita tumanida Samarqand chet tillar institutining filiallari ochiladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga binoan endilikda Samarqand viloyatining Narpay tumanidagi xizmat ko‘rsatish texnikumi hamda Payariq tumanidagi iqtisodiyot va servis kasb-hunar kollejlarida Samarqand davlat chet tillar institutining «Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til» (ingliz tili) va «Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili» fakultetlari ochiladi.

Qayd etilishicha, 17 aprel kuni sohaga tegishli mas’ul rahbarlar Narpay va Payariq tumanlariga borishgan. Ular ta’lim sifati, o‘quv binosini ta’mirlash, talabalarning zamonaviy ta’lim olishlari uchun zarur imkoniyatlarni yaratish va boshqa amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan vazifalarni belgilab olishgan.