Chet tillariga ixtisoslashgan OTMlarga qabul kvotalari 2 baravarga oshiriladi
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
2021/22 o‘quv yilida xorijiy tillarni o‘qitishga ixtisoslashtirilgan OTMlarga qabul parametrlari 2 baravarga, davlat granti asosida qabul ko‘rsatkichlari esa 3 baravarga oshiriladi.
Bu – xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish bo‘yicha prezident qarorida belgilandi.
Shuningdek, qarorga asosan, 2022/23 o‘quv yilidan boshlab, xorijiy tillarni o‘qitishga ixtisoslashgan OTMlar bitiruvchilari davlat attestatsiya imtihonlarini topshirishdan tashqari, milliy yoki unga tenglashtirilgan boshqa yetakchi xalqaro baholash tizimlarida ham imtihon topshiradi.
Bunda bitiruvchilarning imtihon topshirish xarajatlari OTM zimmasida bo‘ladi.
2022/23 o‘quv yilidan boshlab, OTMlarning magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga tanlovlarda milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi tartibi joriy etiladi.
Bunda, filologiya yo‘nalishlari bo‘yicha kamida C1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat, nofilologik yo‘nalishlari bo‘yicha esa B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab etiladi.