Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Turkiya: Bakalavr bosqichida o‘qish uchun 100% lik grant dasturi

13.05.2021 03:01
Turkiya: Bakalavr bosqichida o‘qish uchun 100% lik grant dasturi

Davlat:

Turkiya

Rasmiy havola:

www.acibadem.edu.tr

Grant turi:

Bakalavriatura

Universitet va grant dasturi haqida qisqacha:

Acıbadem universiteti tibbiyot sohasiga ixtisoslashgan oliygohdir. Acıbadem universiteti 2007 yilda tashkil etilgan va Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan xususiy, notijorat tashkilotdir.

See the source image

Universitet tomonidan taqdim etilayotgan grant dasturi bakalavr yo‘nalishida ta’lim olish niyatida bo‘lgan xalqaro talabalarni qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutadi.

Grant dasturi kimlar uchun?

  • Dasturda barcha davlar fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.

Hujjat topshirish jarayoni:

  • Grant uchun nomzodlar avvalo BU YERDAN o‘zi uchun mos tibbiyot yo‘nalishlaridan birini tanlashlari va unga BU YERDAN onlayn ariza topshirishlari kerak;
  • O‘qishga qabul qilingan talabalarning grant uchun nomzodligi avtomatik ko‘rib chiqiladi.

Kerakli hujjatlar:

  • Maktab yoki kollej/litsey diplomi;
  • Tarjimai hol;
  • Ikkita tavsiyanoma xati;
  • Bitta fotosurat;
  • Pasport nusxasi;

Eslatma: Yuqoridagi hujjatlarga qo‘shimcha tarzda talab qilinishi mumkin bo‘lgan boshqa hujjatlarni tanlagan kursingiz talabnomasidan bilib oling!

Qabul talabi:

Nomzodlardan universitetga qabul qilinish uchun kamida 149 GRE da yoki 450 GMAT ko‘rsatkichlari talab qilinadi.

Til talabi:

Nomzodlardan quyidagi til sertifikatlaridan biri talab qilinadi:

  • YDS – 85
  • TOEFL IBT – 80 (Test) / 20 TWE
  • CAE – C
  • PTE – 67

Grantning manfaatli tomonlari:

Grant taqdim etilgan nomzodlar o‘quv kursi to‘lovidan 100% ozod etiladi. O‘quv kurslari to‘lovi 3 500 dan 27000 AQSh dollarigacha bo‘lishi mumkin.

Batafsil rasmiy saytda