Barqarorlik maqsadlari bo‘yicha bepul yozgi maktab
05.05.2022 10:25

Fizikani videodarslar orqali Professional ustozlardan BEPUL o'rganing.– Registon o‘quv markazi
Barqarorlik bo‘yicha bepul yozgi maktab
SDG Global yozgi maktabi
Tashkilotchi: Zhejiang universiteti.
Format: onlayn.
Qachon: 2022-yil 1-15-avgust.
Til: Ingliz.
Ushbu ikki haftalik SDG Global yozgi maktabi butun dunyodan bakalavriat va magistratura talabalarini barqaror rivojlanish maqsadlariga qaratilgan kurslarga taklif qiladi.
Ishtirokchilar kurs va topshiriqlarni tugatgandan so‘ng raqamli sertifikatga ega bo‘ladilar.
Talablar:
- Ingliz tilini yaxshi bilish (TOEFL/IELTS natijalari shart emas);
- Bakalavr yoki magistratura talabasi bo‘lish;
- Kurs va topshiriqlarga haftasiga 15-20 soat ajratish.
Tanlangan ishtirokchilar kurs toʻlovlaridan ozod qilinadi.
Tugash muddati: 2022-yil 31-may.
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
O‘qituvchilar uchun Global schools program dasturi
16.05.2022 10:01
Buxarestda xalqaro yozgi maktab!
13.04.2022 12:17