Grantlar

Singapur: Bakalavr bosqichida ta’lim olish uchun umumiy qiymati 87 400 AQSH dollarlik grant dasturi

Singapur davlatining Singapore Management University oliygohi tomonidan bakalavr bosqichida ta’lim olish uchun umumiy qiymati 87 400 AQSH dollarlik grant dasturi taklif etilmoqda

6 707 ko'rish

Yangilangan:

Singapur: Bakalavr bosqichida ta’lim olish uchun umumiy qiymati 87 400 AQSH dollarlik grant dasturi

Universitet va grant dasturi haqida:

Singapur menejment universiteti - sifatli ta’lim beruvchi yuqori reyting (QS Global World Rankings talqiniga ko‘ra 2021-yilning 511-520-o‘rinlarini egallagan universitetlari qatorida) va global ta’sirga ega yetakchi kadrlarni yaratishga va keng miqyosda tadbirkor liderlarni yetishtirishga intilgan davlat tadqiqot universiteti.

See the source image

Grant haqida qisqacha:
Dato Kho Hui Meng grant dasturi 2019-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Singapur menejment universitetida istalgan darajadagi dasturlardan birida o‘qiyotgan birinchi kurs kunduzgi ta’lim talabalarini moliyaviy rag‘batlantirishni nazarda tutadi.

Grant dasturi kimlar uchun?

  • Dunyoning istalgan davlatlaridan talabalar grant uchun nomzodlik qilishlari mumkin.

Ariza topshirish jarayoni:

Nomzodlar grant dasturi uchun alohida ariza berishlari shart emas. Nomzodlik qila olish uchun ular avvvalo BU YERDAN universitetning bakalavr dastturlaridan biriga ariza topshirishlari va o‘qishga qabul qilinishlari kerak. Onlayn ariza topshirish jarayonida, nomzodlar grant dasturiga qiziqishlari bor ekanini bildirib o‘tishlari kerak.

Qabul qilish talablari:

Talabalar SMUga kirish uchun SAT yoki ACT topshirishlari va mos tarzda kamida 1350 va 29 ball to‘plashlari kerak.

Til talabi:

Nomzodlar quyidagi ingliz tilini bilish testlaridan birida kamida quyida ko‘rsatilgan minimal talabni bajarishlari kerak:

  • TOEFL IBT – 100
  • TOEFL PBT – 600
  • IELTS – 7.5
  • C1 Advanced – 191

Grantning manfaatli tomonlari:

Tanlangan talabalarga 87 400 AQSh dollari miqdorida subsidiya qilingan o‘qish to‘lovlari, o‘qish bilan bog‘liq xarajatlar va 4 yilgacha o‘qish uchun Universitet tomonidan tasdiqlangan chet el talabalari dasturlari uchun mablag‘ beriladi.

Batafsil bu yerda

Ulashish

Aloqador maqolalar

Grantlar

DTM natijasi chiqdi — endi nima qilaman?

Xalqaro Nordik Universiteti hali ham abituriyentlar uchun ochiq qabulni davom ettirmoqda. DTM balli yetarli bo‘lmaganlar ham universitetning ichki imtihoni, tanlov yoki akademik hujjatlar asosida talabalikka qabul qilinadi. O‘qish onlayn hujjat topshirish orqali tez va qulay tarzda amalga oshadi. 13 ta bakalavriat va 3 ta magistratura yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, zamonaviy kampuslar, chet ellik o‘qituvchilar va xalqaro imkoniyatlar taqdim etiladi. IELTS, CEFR yoki DTM balliga ko‘ra 10–50% chegir

27 105 ko'rish

Grantlar

"Millat Umidi" granti yakuniy natijalari e’lon qilindi

Millat Umidi University IDP IELTS, Cambridge International College, Result School va ISystem bilan hamkorlikda, Respublika miqyosida abituriyentlar uchun umumiy miqdori 4 milliard so‘m bo‘lgan “Millat Umidi Granti” tanlovi natijalarini e’lon qildi.

2 816 ko'rish

Grantlar

Rossiya va Chexiyada ta’lim olish uchun GRANT

Bugungi kunda O‘zbekiston fuqarolari uchun qator chet el davlatlarida grant, ya’ni bepul o‘qish imkoniyatlari bor. Ularning aksariyati Til sertifikatlari yoki juda ham katta miqdorda sarmoya talab qiladi. Bugungi maqolamizda Til sertifikati ham talab qilinmaydigan va katta miqdorda sarf-harajat ham talab qilmaydigan davlat grantlarini ko‘rib chiqamiz.

3 068 ko'rish

↑↓ tanlashEnter ochishEsc yopish