SSV maktab oshxonalarida taqiqlangan oziq-ovqatlar ro‘yxatini e’lon qildi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi (SSV) maktab oshxonalarida sotilishi taqiqlangan oziq-ovqat mahsulotlarining ro‘yxatini e’lon qildi. Ushbu ro‘yxat Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tavsiyalariga asoslangan bo‘lib, bolalar salomatligini himoya qilishga qaratilgan.
Taqiqlangan mahsulotlar orasida keng tarqalgan gamburger, chizburger, hot-dog, chips, gazlangan ichimliklar, va energetik ichimliklar kabi mahsulotlar bor. JSST bu turdagi mahsulotlarni kundalik taomnomadan chiqarishni tavsiya qiladi. SSV tomonidan e’lon qilingan ro‘yxatga ko‘ra, ushbu mahsulotlar O‘zbekiston maktablaridagi oshxonalarda sotilishi taqiqlangan.
SSVning sanitariya qoidalari va gigiyena normativlari asosida, maktab oshxonalarida quyidagi mahsulotlar tayyorlanishi va sotilishi mumkin emas:
- Go‘sht qo‘shilgan, mayonez, ketchup va sabzavotlar solingan non mahsulotlari (gamburger, chizburger, hot-doglar).
- Sun’iy ta’m va hid beruvchi moddalar, bo‘yoqlar, aromatizatorlar qo‘shilgan qandolat mahsulotlari.
- Sun’iy konservantlari bo‘lgan "kiriyeshki", "xrustyashki", chipslar, qurt, pista va uy sharoitida tayyorlangan shimiladigan shirinliklar.
- Rangli va rangsiz gazlangan ichimliklar.
- Veterinariya nazoratidan o‘tmagan go‘sht, baliq, parrandalar; shuningdek, kerakli sanitariya talablariga javob bermaydigan tuxumlar.
- Bombajli, zanglagan, yoki yaroqlilik muddati belgilanmagan konservalar.
- Kremli qandolat mahsulotlari (tort va pishiriqlar).
- Xom dudlangan go‘shtli mahsulotlar va kolbasalar, shu jumladan, qaynatilgan kolbasa.
- Termik ishlov berilmagan sut va sut mahsulotlari, qimiz va boshqa achitilgan sutli mahsulotlar.
- Tez tayyorlanadigan quruq oziq-ovqat konsentratlari asosidagi taomlar va boshqa xavfli oziq-ovqat mahsulotlari.