Bakalavr, magistr, aspirant va almashinuv dasturi boʻyicha xorijda oʻqishni istaganlar uchun - STIPENDIUM HUNGARICUM SCHOLARSHIP
Muddati:
16.01.2021
Davlat:
Vengriya
Rasmiy havola:
Grant turi:
Aspirantura, Bakalavriatura, Internship, Magistratura
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Bakalavr, magistr, aspirant va almashinuv dasturi boʻyicha xorijda oʻqishni istaganlar uchun Vengriya davlat stipendiyasi!
Muddat: 2021-yil 16-yanvar
2021–2022 oʻquv yili uchun onlayn arizalar qabuli boshlandi.
Stipendium Hungaricum stipendiyasi dasturi Vengriya hukumati tomonidan taʼsis etilgan, uning maqsadi — Verngriya oliy taʼlim tizimini internatsionallashuvi va butun dunyodan Yevropaning qoq markazida yuqori sifatli taʼlim olgan holda Vengriya bilan shaxsiy va kasbiy aloqalarni oʻrnata oladigan talabalarni jalb qilishdir.
Stipendium Hungaricum toʻliq taʼlim pulini, tibbiy sugʻurta va yotoqxona xarajatlarini qoplaydi, shuningdek, bakalavriat va magistratura talabalari uchun 145 AQSH dollari va aspirantura talabalari uchun 460 AQSH dollari miqdorida oylik stipendiya taqdim etiladi.
Turli yoʻnalishlar boʻyicha ingliz tilida bakalavr va magistrlar uchun 300 dan ziyod hamda aspirantlar uchun 100 dan ziyod dasturlar mavjud.