Stiven M. Kellen stipendiyasi

17.04.2022 20:49
Stiven M. Kellen stipendiyasi

Muddati:

15.06.2022

Davlat:

Germaniya

Rasmiy havola:

www.sciencespo.fr

Stiven M. Kellen stipendiyasi - bu Sciences Po va Freie Universität Berlin o‘rtasidagi Dual BA dasturiga eng iqtidorli va eng munosib talabalarni jalb qilish uchun mo‘ljallangan mukofotga asoslangan stipendiyadir.

U istiqbolli yoshlarga huquq, iqtisod, tarix, siyosatshunoslik va sotsiologiya yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim olish imkonini berib, ularni Yevropaga chaqiradi, kamida uchta tilda gaplashish va nemis hamda fransuz madaniyatlarini o‘rganish imkoniyatini taqdim etadi.

Stiven M. Kellen stipendiyasi Sciences Po‘da ikki yillik o‘qish to‘lovlarini o‘z ichiga oladi, bundan tashqari Sciences Po‘ning Nansidagi Fransiya-Germaniya Yevropa kampusida o‘tkaziladigan ikki yil uchun yiliga $6,000 to‘lov va o‘qish harajatlari uchun yiliga $7,000 mablag‘ ajratiladi.

MUVOFIQLIK:
Nomzod Sciences Po-ning Freie Universität Berlin bilan qo‘shma bakalavriat dasturiga qabul qilinishi lozim.

Grant Stiven M. Kellen tomonidan ilgari surilgan qadriyatlarga mos keluvchi talabaga beriladi:

-Yuqori akademik ko‘rsatkichlar - akademik yutuqlar.
-Dunyoqarash.
-Ijtimoiy maqsadlar - boshqalarga xizmat qilish istagi.

Ariza beruvchilar quyidagilarni scholarship@usscpo.org elektron manziliga 2022-yil 15-iyunga qadar (15:00 ET) yuborishlari lozim:

-Onlayn ariza shakli.
-Shaxsiy bayonot. Berlin shahrida o‘qishga bo‘lgan motivatsiyangizni tasvirlab bering (350 so‘z, ingliz tilida).
-Insho (1500 so‘z, ingliz tilida).

Tanlov komissiyasi Sciences Po va Sciences Po American Foundation vakillaridan iborat.

Nomzodlar 2022-yil 15-iyun, Sharqiy vaqt bilan soat 15:00 ga qadar ariza topshirishlari lozim.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun Fabian Welt bilan bog‘laning: fabian.welt@sciencespo.fr.

Ta'lim - barcha orzular eshigining kalitidir
– Registon o‘quv markazi