Germaniyaning Gamburg universitetida o‘qish uchun grant dasturi

14.10.2021 11:12
Germaniyaning Gamburg universitetida o‘qish uchun grant dasturi

Muddati:

01.12.2021

Davlat:

Germaniya

Rasmiy havola:

www.uni-hamburg.de

Grant turi:

Magistratura

"Registon" o’quv markazida o’quvchilarning tarbiyalari bilan alohida ishlash maqsadida qo’shimcha bepul tarbiya darslari bo’lib o’tadi.
– Registon ta'lim loyihasi

Universität Hamburg oliygohi xalqaro talabalar moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida grant dasturini taklif qiladi.

Odatda, grant 6 oy uchun beriladi. Grantning maksimal miqdori oyiga 720 Yevro.

Har bir grant miqdori, Federal O‘qishga Yordam Qonunida (Bundesgesetz über individualuelle Förderung der Ausbildung, BAföG) belgilangan mezonlarga muvofiq, individual tarzda hisoblanadi.

Agar trening 6 oy ichida yakunlanmasa, moliyalashtirish muddatini uzaytirish talab qilinishi mumkin. Maksimal moliyalashtirish muddati - 12 oy.

Talablar:

  • Nomzod Germaniya fuqarosi bo‘lmasligi kerak;
  • Davlat kredit dasturiga kirmaydigan (BAföG) talabalar;
  • Oilaviy sharoiti moliyaviy yordamga muhtoj bo‘lishi kerak.

Kerakli hujjatlar:

  • CV/Rezyume;
  • Grant uchun sabab keltirilgan ma’lumotnoma;
  • Akademik ko‘rsatkichini ko‘rsatuvchi barcha baholar ro‘yxati;
  • Tavsiyanoma.

Ariza topshirish uchun shu yerga kiring.

Ariza topshirishning so‘nggi muddati 1-dekabr 2021-yil.