Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Talaba bo‘lishdan avvalgi kunlarni eslaysizmi?

28-fevral 07:06
Talaba bo‘lishdan avvalgi kunlarni eslaysizmi?

Talaba bo‘lishdan avvalgi kunlarni eslaysizmi?

Talabalikka erishish yo‘lida qancha mehnat qildingiz? Orqaga qarab, o‘sha mashaqqatli, hayajonli va saboq bo‘lgan kunlarni eslashga tayyormisiz?

📌 Ilk bor tanlagan fan va kasbingizni eslaysizmi?

📌 “O‘qimayman!” deb jahl qilganlaringiz-chi?

📌 Darsga tushunmay umidsizlikka tushgan onlaringiz-chi?

📌 “Kam telefon ishlat”, – deb onangizdan tanbeh eshitganlaringiz yodingizdami?

📌 Sinov testlaridan kam yechganda tushkunlikka tushganingiz-chi?

📌 Har duoda “grant” deb iltijo qilganingizni unutmadingizmi?

📌 TV ko‘rishga vaqt topolmay, tug‘ilgan kun va tadbirlardan voz kechganingiz-chi?

📌 O‘qishga kirish uchun barcha qulayliklardan kechgan onlaringiz-chi?

Bu yo‘lning qadriga yetaylik!

🎓 Bugun o‘sha mehnatlaringiz ro‘yobga chiqqan kun!

🎓 Talaba bo‘lish bilan bilim olish tugamaydi, aksincha, aynan talabalik davri eng muhim davr!

🎓 Bu kunga yetganlar bor... yetmaganlar bor...

Qadriga yeting, oltin vaqtingizni samarali sarflang!