Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Mandat 2026 Kirish ballari Eng past ballar Yangiliklar DTM testlar Reklama

O‘qish joyidan ma’lumotnomani onlayn olish

· Muallif: Ja'farxon Isaxonov
O‘qish joyidan ma’lumotnomani onlayn olish

my.gov.uz portali orqali bir zumda o‘qish joyidan ma’lumotnoma olish mumkin!

Bilamizki, zarur hollarda talabalar ishga joylashish uchun, avia yoki temir yo‘l kassalariga, mudofaa bo‘limiga, bankka va yana boshqa joylarga o‘qish joyidan ma’lumotnoma taqdim etishi talab etiladi. Odatda u dekanatlarda berilar edi.

Ushbu ma’lumotnomani internet orqali oson olish imkoniyati mavjud.

"O‘qish joyidan ma’lumotnoma olish" xizmati:

— mutlaqo bepul;
— elektron imzo talab etilmaydi;
— to‘liq avtomatlashgan (inson omilisiz);
— ma’lumotnomani shaxsiy kabinetdan PDF shaklida yuklab olish va hujjatlar repozitoriysida saqlab qo‘yish imkoniyati bor.

❗️Bu muhim! Yagona portal orqali olingan hujjatlar qonuniy kuchga ega va davlat organlari bunday hujjatlarni qabul qilishni rad etishga haqli emas, bu qat’iyan man etiladi.