"Talabalar haftaligi" doirasida "Men talabaman" videoroliklar tanlovi!

"Registon" o’quv markazining qadriyatlari: Sifatli ta'lim. Jamoaning barcha a'zolari sifatli ta'lim uchun kurashishlari kerak. Biz sifatli ta'limni ta'minlashimiz kerak.– Registon ta'lim loyihasi
Yoshlar ishlari agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Men talabaman” nomli talabalar hayotini o‘zida aks ettirgan, davomiyligi 1 daqiqadan 3 daqiqagacha bo‘lgan videoroliklar tanlovini e’lon qiladi.
Tanlov onlayn tartibda o‘tkaziladi.
“Men talabaman” nomli talabalar hayotini o‘zida aks ettirgan videoroliklar tanlovi talablari:
- Tanlovda Farg‘ona viloyatining har qanday oliy ta’lim muassasasi talabalari ishtirok eta oladi;
- Davomiyligi 1 daqiqadan 3 daqiqagacha bo‘lgan 50 megabaytdan oshmagan sifatli video Mentalabaman_bot ga yuboriladi;
- Talabalar hayotidagi qiziqarli voqealar, talabalarga yaratilayotgan ta’lim muassasadagi sharoitlarga ishtirokchining munosabati videoda aks etishi kerak.
Videorolikda olib chiqilgan mavzularga yondashuvning kreativligi alohida e’tiborga olinadi.
Tanlovda g‘oliblikni egallaganlar uchun quyidagi sovg‘alar beriladi:
- 1-o‘rin zamonaviy Planshet;
- 2-o‘rin elektropech;
- 3-o‘rin Termopot.
Tanlovga yuborilgan videolar quyidagi me’zonlarga asosan baholanadi:
- g‘oyaning originalligi;
- sifat va yondashuv darajasi;
- tanlov talablariga mos kelishi.
Tanlovni shu soha bo‘yicha mutaxassislardan iborat tashkiliy qo‘mita baholaydi.
Eslatma. Slayd showdan iborat rasmli videolar qabul qilinmaydi.
Videolar 9-noyabrdan 14-noyabr soat 23:59 gacha qabul qilinadi.