"Talabalar haftaligi" doirasida "Men talabaman" videoroliklar tanlovida qatnashing va zamonaviy planshetga ega bo‘ling.

05-noyabr 22:31

Muddati:

14.11.2021

Davlat:

O‘zbekiston

Rasmiy havola:

t.me

Grant turi:

Tanlovlar

Umumiy Ma’lumotlar:

Farg‘ona vodiysida tahsil olayotgan barcha talabalar o‘rtasida 17- noyabr "Xalqaro Talabalar kuni munosabati bilan "Talabalar haftaligi" doirasida "Men talabaman" videoroliklar tanlovida qatnashish va ajoyib sovg‘alar yutib olish imkoniyati.
Yoshlar ishlari agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan Farg‘onada joylashgan barcha Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Men talabaman” nomli talabalar hayotini o‘zida aks ettirgan, davomiyligi 1 daqiqadan 3 daqiqagacha bo‘lgan videoroliklar tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovi talablari:

  • Davomiyligi 1 daqiqadan 3 daqiqagacha bo‘lgan 50 megabaytdan oshmagan sifatli video quyidagi botga yuboriladi @Mentalabaman_bot;
  • Talabalar hayotidagi qiziqarli voqealar, talabalarga yaratilayotgan ta’lim muassasadagi sharoitlarga ishtirokchining munosabati videoda aks etishi kerak.
    Videorolikda olib chiqilgan mavzularga yondashuvning kreativligi alohida e’tiborga olinadi. Tanlovda g‘oliblikni egallaganlar uchun quyidagi sovg‘alar beriladi:
  • 1-o‘rin zamonaviy Planshet;
  • 2-o‘rin elektropech;
  • 3-o‘rin Termopot.
    Tanlovga yuborilgan videolar quyidagi me’zonlarga asosan baholanadi:
  • G‘oyaning originalligi;
  • Sifat va yondashuv darajasi;
  • Tanlov talablariga mos kelishi; Tanlovni shu soha bo‘yicha mutaxassislardan iborat tashkiliy qo‘mita baholaydi.
    Eslatma. Slayd showdan iborat rasmli videolar qabul qilinmaydi. Videolar 9-noyabrdan 14-noyabr soat 23:59 gacha qabul qilinadi.


Ushbu telegram kanali orqali tanlov haqida batafisl ma’lumotlar bilan qayta tanishib chiqing