Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi

Talabalardan ortiqcha hujjat talab qilish javobgarlikka sabab bo‘lishi eslatildi

30.08.2023 15:30
Talabalardan ortiqcha hujjat talab qilish javobgarlikka sabab bo‘lishi eslatildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Oliy ta’lim muassasalari tomonidan talabalardan turli hujjatlar so‘ralayotgani haqida ma’lumotlar tarqalmoqda. Adliya vazirligi ularning ba’zilarini talab etish qonunga zid ekanini ma’lum qildi.

Jumladan, aholidan quyidagi hujjatlarni talab qilish bekor qilingan:

  • shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasini;
  • shaxsning belgilangan shakldagi fotosuratini;
  • jismoniy shaxs tomonidan o‘rta maxsus, professional (kasb-hunar) ta’lim muassasasi yoki umumiy o‘rta ta’lim muassasasi (11-sinf negizida) tugatilganligini tasdiqlovchi ma’lumotlarni (hujjatlarni);
  • kam ta’minlangan oila yoki oila a’zosi sifatida ro‘yxatga olinganligini tasdiqlovchi ma’lumotlarni (hujjatlarni);
  • soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarning davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilganligini tasdiqlovchi ma’lumotlarni (STIR);
  • oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlarning imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat to‘g‘risida ma’lumotlarni.

Shuningdek, ushbu hujjat va ma’lumotlarning talab qilinishi davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzish deb hisoblanib, ularni talab etgan davlat idoralari javobgarlikka tortiladi.

Bunday hujjatlar talab qilingan taqdirda, fuqarolar Adliya vazirligi va hududiy adliya organlariga murojaat qilishi mumkinligi aytilmoqda.