Talabalarning 16,5 mln so‘mgacha bo‘lgan to‘lov-kontrakt pullari to‘lab beriladi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Yoshlar daftariga kiritilgan talabalarning 16,5 mln so‘mgacha bo‘lgan to‘lov-kontrakt pullari to‘lab beriladi
Vazirlar Mahkamasining 312-sonli (7.06.2022) qarori 35-bandi va mazkur nizomning 8-ilovasiga ko‘ra, quyidagi toifalar:
- Temir daftarga kiritilgan oila farzandi;
- Ayollar daftariga kiritilgan ayollar farzandi;
- Ijtimoiy himoya yagona reestri ATga kiritilgan oilaning professional yoki OTM da taʼlim olayotgan farzandi;
- Mehribonlik uyi yoki Bolalar shaharchasida tarbiyalangan o‘quvchi-talaba;
- Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, vasiylikka olingan kam taʼminlagan o‘quvchi-talaba;
- Oila aʼzolarining kamida bittasi I guruh yoki har ikkisi II guruh nogironligi bo‘lgan kam taʼminlagn oilaning professional yoki OTM da taʼlim olayotgan farzandi;
- Nogironligi yoki salomatligida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchi-talaba;
- Oilasi kam taʼminlangan talabaga to‘lab berilishi nazarda tutilgan.
Respublikamizdagi professional taʼlim tashkilotlarida taʼlim olayotgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan davlat, nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining filiallarida:
➡️ bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shaklida;
➡️ magistraturaning kunduzgi yo‘nalishida taʼlim olayotgan talablarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha yillik xarajatlarining bir qismi to‘lab beriladi.
Ushbu xarajatlarni to‘lab berish yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida to‘lov-kontraktining 50 foizigacha, biroq BHM ning 50 baravari (16.500.000 so‘m) dan oshmagan miqdorda sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
❌ To‘lov-kontrakt xarajatlarining bir qismini qoplab berish quyidagilar toifalarlarga amal qilmaydi:
- ikkinchi va undan keyingi mutaxassislik;
- qo‘shma taʼlim dasturlari;
- tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida taʼlim olayotganlarga nisbatan tadbiq etilmaydi.