Ta’lim muassasalari bitiruvchilari uchun ishga joylashtirishda qanday imtiyozlar mavjud?
19.04.2023 09:55
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 maydagi Farmoniga muvofiq 2018 yilning 1 yanvaridan boshlab:
- ish beruvchilarning bitiruvchilarni ishga joylashtirishdan manfaatdorligini oshirish maqsadida yagona ijtimoiy to‘lovning o‘rnatilgan stavkasini ular ishga joylashganliklaridan keyingi bir yil ichida 50 foizga, ikkinchi va uchinchi yil davomida esa 25 foizga kamaytiriladi. Byudjet tashkilotlari, monopolist tashkilotlar, ustav jamg‘armasida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan tashkilotlarga ishga joylashganlar bundan mustasno bo‘ladi;
- kollej, akademik litseylarning o‘quvchilariga soliq to‘lovchining individual raqami berilib, elektron raqamli imzo (ERI)ni tegishli to‘lovni undirmasdan soliq to‘lovchi sifatida davlat soliq organlarida ro‘yxatga qo‘yiladi;
- Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi 84-moddasiga muvofiq, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining hamda oliy o‘quv yurtlarini tamomlagan bitiruvchilar uch yil ichida birinchi marotaba ishga kirayotgan holda, ular bilan tuziladigan mehnat shartnomalarida dastlabki sinov muddatlari belgilanmasligi qayd etilgan.
- Bundan tashqari, Mehnat kodeksining 2471-moddasiga asosan, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining, shuningdek davlat grantlari bo‘yicha ta’lim olgan oliy o‘quv yurtlarining tegishli ta’lim muassasasini tamomlagan kundan e’tiboran uch yil ichida birinchi bor ishga kirgan bitiruvchilari bilan mehnat shartnomasi u tuzilgan kundan e’tiboran uch yillik muddat o‘tguniga qadar ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilinganida ish beruvchi bu haqda mahalliy mehnat organini xabardor qilishi shart. Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari yakka tartibdagi tadbirkorlarga yollanib ishlaganda kollejni bitirgandan boshlab bir yil muddatga qat’iy belgilangan soliqdan ozod etilganlar.