TATU Nurafshon filiali tugatiladi: o‘rniga “Cyber University” tashkil etiladi
28-yanvar 00:45

Prezident qaroriga muvofiq, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) Nurafshon filiali faoliyati 2024/2025 o‘quv yilidan so‘ng tugatiladi. Ushbu bino va inshootlarga yangi tashkil etilayotgan “Cyber University” joylashtiriladi.
O‘zgarishlar tafsiloti:
- TATU Nurafshon filiali faoliyati tugatilib, undagi barcha talabalar TATUning boshqa filiallari yoki bosh binosiga ko‘chiriladi.
- “Cyber University” zamonaviy IT sohalari, axborot texnologiyalari va kiberxavfsizlik yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlashga ixtisoslashadi.
- Universitetning asosiy joylashuvi: TATU Nurafshon filialining bino va inshootlari.
Bu o‘zgarish IT sohasida kadrlar tayyorlash sifatini oshirish va xalqaro standartlarga mos keladigan universitet tizimini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Koreyaning nufuzli universitetlari bilan qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul boshlandi!
12.08.2024 14:20
Toshkent viloyatida TATUning filiali tashkil etiladi
13.11.2020 20:44
Talabalar uchun maslahat:
06-sentabr 11:27