Texnikumlarni 4 yoki 5 baholarga tamomlagan bitiruvchilar OTMga suhbat asosida 2-kursdan qabul qilinadi.
25.12.2022 13:09

"Registon" o’quv markazida o’quvchilarning hayajon va maqsadlari bilan alohida ishlash maqsadida qo’shimcha bepul motivatsion treninglar bo’lib o’tadi.– Registon ta'lim loyihasi
2022-yil 11-yanvar kuni hukumatning 17-sonli qaroriga ko‘ra, texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni OʻZ SOHASIGA MOS bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish imtihonlarisiz, suhbat orqali OTMlarning 2-bosqichidan oʻqishini davom ettirish uchun qabul qilish tartibi belgilangan.
Bitiruvchi suhbatga tavsiya etilishi uchun texnikumdagi butun o‘qish davrida o‘quv semestrlari yakuniga ko‘ra o‘zlashtirish baholari “5 (a’lo)” va “4 (yaxshi)”, biroq o‘zlashtirish baholarining kamida 50 foizi (tibbiyot oliy ta’lim muassasalari uchun kamida 85 foizi) “5 (a’lo)” bo‘lishi talab etiladi.
Oʻqishga qabul qilish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.