Grantlar

The Estophilus scholarship (Estoniya): BA) bakalavriat, magistratura bosqichi talabalari uchun Estoniyada Grant dasturi

The Estophilus scholarship (Estoniya): BA) bakalavriat talabalari, magistratura bosqichi talabalari uchun Estoniyada Grant dasturida

422 ko'rish

The Estophilus scholarship (Estoniya): BA) bakalavriat, magistratura  bosqichi talabalari uchun Estoniyada Grant dasturi

The Estophilus scholarship (Estoniya): Estoniyada (BA) bakalavriatning oxirgi bosqich talabalari, (MA) magistratura bosqichi hamda (Phd) doktorantura bosqichi talabalari uchun 1-5 oy muddatda o‘zi tanlagan yo‘nalishlarda amaliyot o‘tashlari uchun The Estophilus scholarship granti ajratilmoqda. Eston tilini bilish albatta yaxshi ammo majburiy emas , tadqiqotni ingliz tilida o‘tasa ham bo‘ladi;

Grantning foydali tomonlari:

  • Yashash xarajatlari uchun 500 yevro miqdorda pul ajratiladi;
  • Yo‘l xarajatlariga ham pul mablag‘lari ajratiladi;

Yo‘l xarajatlari uchun qancha pul mablag‘i ajratilishi sizning mamlakatinngizni Estoniya davlati bilan orasidagi masofaga bog‘liq ya’ni:

1-499 km

180 euros

500-1999 km

275 euros

2000-2999 km

360 euros

3000-3999 km

530 euros

4000-7999 km

820 euros

8000 km and more

1100 euros

Eslatma: O‘zbekistonlik talabalar uchun 820 yevro miqdorda bo‘ladi;

Dasturga qabul:

Bu yerdan onlayn ariza topshiring (arizani ingliz yoki eston tilida to‘ldirish mumkin);

Kerakli Hujjatlar:

  • Onlayn ro‘yxatdan o‘ting;
  • Tadqiqot rejasi;
  • Tarjimaiy hol(CV);
  • Ta’lim olayotgan muassasadan ma’lumotnoma;
  • Estoniyalik ilmiy rahbarning tadqiqotchi bilan ishlashga rozilik xati hamda tadqiqotning Estoniya uchun muhimliligini ko‘rsatuvchi xat;

Saralash jarayoni:

  • Arizaning sifati;
  • Nomzodning mutaxasisligi hamda tadqiqot rejasining bir biriga aloqadorligi;
  • Nomzodning ilmiy ishi hamda uning Estyoniya uchun ahamiyati;

Eslatma: Onlayn arizalar jo‘natilgandan so‘ng 45 kun o‘tgach natijalar e’lon qilinadi;

Dasturga hujjat topshirishga oxirgi muddatlar:

  • Bahorgi qabul: 01.04-02.05.2021 orasida;
  • Kuzgi qabul 2021-yil 1-sentabrdan boshlanadi ;

Qo‘shimcha savollar yuzasidan Tiiu.Tuisk@harno.ee ga bog‘laning!

Ulashish

Aloqador maqolalar

Grantlar

DTM natijasi chiqdi — endi nima qilaman?

Xalqaro Nordik Universiteti hali ham abituriyentlar uchun ochiq qabulni davom ettirmoqda. DTM balli yetarli bo‘lmaganlar ham universitetning ichki imtihoni, tanlov yoki akademik hujjatlar asosida talabalikka qabul qilinadi. O‘qish onlayn hujjat topshirish orqali tez va qulay tarzda amalga oshadi. 13 ta bakalavriat va 3 ta magistratura yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, zamonaviy kampuslar, chet ellik o‘qituvchilar va xalqaro imkoniyatlar taqdim etiladi. IELTS, CEFR yoki DTM balliga ko‘ra 10–50% chegir

27 105 ko'rish

Grantlar

"Millat Umidi" granti yakuniy natijalari e’lon qilindi

Millat Umidi University IDP IELTS, Cambridge International College, Result School va ISystem bilan hamkorlikda, Respublika miqyosida abituriyentlar uchun umumiy miqdori 4 milliard so‘m bo‘lgan “Millat Umidi Granti” tanlovi natijalarini e’lon qildi.

2 816 ko'rish

Grantlar

Rossiya va Chexiyada ta’lim olish uchun GRANT

Bugungi kunda O‘zbekiston fuqarolari uchun qator chet el davlatlarida grant, ya’ni bepul o‘qish imkoniyatlari bor. Ularning aksariyati Til sertifikatlari yoki juda ham katta miqdorda sarmoya talab qiladi. Bugungi maqolamizda Til sertifikati ham talab qilinmaydigan va katta miqdorda sarf-harajat ham talab qilmaydigan davlat grantlarini ko‘rib chiqamiz.

3 068 ko'rish

↑↓ tanlashEnter ochishEsc yopish