Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

The Fulbright Visiting Scholar Program : Barcha Universitet xodimlari va tadqiqotchilar uchun AQSH da amaliyot dasturi

31.08.2021 11:45
The Fulbright Visiting Scholar Program : Barcha Universitet xodimlari va tadqiqotchilar uchun AQSH da amaliyot dasturi

Muddati:

20.11.2021

Davlat:

Amerika Qo‘shma Shtatlari

Rasmiy havola:

uz.usembassy.gov

Grant turi:

Malaka oshirish, Tanlovlar

The Fulbright Visiting Scholar Program:Taklif etilgan olimlar uchun Fulbrayt dasturi o‘zbekistonlik tajribali olimlarni AQSH universitetlarida 3-5 oy muddat davomida ilmiy tadqiqotlar olib borish imkoniyatini yaratadi.

Ushbu grant dasturidan asosiy ko‘zlangan maqsad:

  • Asosan yosh o‘qituvchilar uchun o‘qituvchilarni o‘qitish va shu orqali oliy ta’lim salohiyatini oshirish;
  • O‘zbekiston va AQSH olimlari o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlik va do‘stlik aloqalarini rivojlantirish;
  • Ikki davlat olimlari o‘rtasidagi aloqani saqlab qolish hamda ularni rivojlantirish; Nomzodlar uchun qo‘yilgan talablar:
  • O‘zbekiston fuqarosi yoki O‘zbekiston tomonidan beriladigan amaldagi pasport olish huquqiga ega doimiy fuqoro bo‘lishi hamda ariza topshirish va saralash jarayonining to‘liq muddati davomida shu mamlakatda muqim istiqomat qilishi kerak.
  • Doktorlik darajasiga yoki muqobil kasbiy malakaga ega bo‘lishi kerak;
  • Hozirda oliy o‘qub yurtlarida, tegishli davlat va nodavlat markazlarida ishlayotgan bo‘lishi;

Tadqiqot olib borish mumkin b’lgan yo‘nalishlar:

  • Bevosita bemorni parvarishlash bilan bog‘liq bo‘lgan tibbiy fanlardan tashqari barcha akademik yo‘nalishlar bo‘yicha tadqiqot olib borish mumkin.
  • Jamoatchilik salomatligi va sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish ham mumkin bo‘lgan yo‘nalishlarga kiradi;

Eslatma: Yaqin orada AQSHda keng qamrovli tajribaga ega bo‘lmagan arizachilarga alohida imtiyoz beriladi.

Grantning afzalliklari:

  • Xalqaro samaliyot biletlari to‘liq qoplanadi(Amerikaga borish va kelish);
  • AQSH da to‘liq moliyaviy yordam:
  • Sug‘urta xarajatlari qoplanadi;

Dasturga hujjat topshirish hamda kerakli hujjatlar;

  • Ushbu sahifa orqali onlayn ariza topshiring;
  • Aqshda maruzalarda ijro etish uchun tadqiqot rejasi;
  • Cv;
  • 2 ta ma’lumotnoma;
  • Universitetinggizdan qo‘llab quvvatlov xati hamda Amerika mezbon univeristetlaridan taklifnoma(bular majburiy emas lekin ustunlik beradi);

Eslatma: hujjat topshirishga oxirgi muddat 20- noyabr 2021- yil;

Muhim: Faqatgina keyingi bosqichga o‘tgan nomzodlargina intervyu qilinadi. Oxirgi bosqich 2022-yil yozida bo‘lib o‘tadi;

Saralash mezonlari:

  • Taklif etilayotgan tadqiqot loyihasini AQSHda amalga oshirish uchun ingliz tilini yetarli darajada yuqori saviyada bilish (ingliz tilini bilish darajasi saralash jarayonining ikkinchi davrasida, shaxsiy suhbat vaqtida tekshiriladi);
  • Nomzod loyihaning olim sifatida o‘zi uchun, uning muassasasi uchun, vatani uchun va AQSHdagi muassasa uchun amaliy qiymatini ko‘rsatib berishi lozim;
  • Nomzod dastur tugagandan so‘ng o‘z yurtiga qaytishi hamda ta’lim berish ishlarini davom ettirishi , dastur davomida yig‘gan bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirib ta’lim berish mobaynida ishlata bilishi kerak;

Muhim:

  • To‘liq bo‘lmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi;
  • Fulbrayt dasturi ariza hujjatlarida ko‘rsatilgan har qanday ma’lumotlarni tekshirish huquqiga ega. Asl vaziyat bilan nomuvofiqlik aniqlangan holatlarda arizachining Fulbrayt tanlovidagi ishtiroki to‘xtatib qo‘yiladi;
  • Nomzodlarni tanlsh yoki tanlamasliklariga anniq sababi ko‘rsatilmaydi;

Ushbu dastur yuzasidan har qanday savol bo‘yicha ushbu TashkentFulbright@state.gov hamda FulbrightUzbekistan@gmail.com elektron pochta manzillariga yuborishinggiz mumkim: