Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Kotzen Scholars Program at Simon university: Barcha xarajatlar qoplanuvchi Kotzen Grant dasturi

6.09.2021 00:21
Kotzen Scholars Program at Simon university:  Barcha xarajatlar qoplanuvchi Kotzen Grant dasturi

Muddati:

01.12.2021

Davlat:

Amerika Qo‘shma Shtatlari

Rasmiy havola:

www.simmons.edu

Grant turi:

Bakalavriatura

The Gilbert and Marcia Kotzen Scholars Program at Simon University in the USA : Gilbert va Marcia Kotzen stipendiyasi dasturi Simmons universitetida tahsil olishni rejalashtirayotgan yuqori salohiyatga ega yoshlarni moliyaviy qo‘llab -quvvatlashga qaratilgan. Grant 4 yillik tahsil olish uchun mo‘ljallangan va barcha bakalavriat dasturlari uchun amal qiladi.

Grantning afzalliklari:

  • Kontrakt to‘lovi to‘liq qoplab beriladi;
  • Turar joy bilan ta’minlanadi;
  • Yillik $3,000 AQSH dollar miqdorida stipendiya;

Grant uchun qo‘yilgan asosiy talablar:

  • Simon universitetiga 1-bosqichga qabul qilingan bo‘lishi kerak (Bu yerdan topshiring);
  • ACT 28 yoki SAT 1300 talab etiladi;
  • Ingliz tili ona tilisi bo‘lmagan nomzodlar TOEFL yoki IELTS natajalari kerak (Min: 5.5-6.0);
  • Maktab/litsey/kollejdagi baholari a’lo bo‘lishi kerak (GPA 3.3 yoki undan baland);
  • Matematikadan yaxshi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim;

Nomzodlardan 2 ta insho yozish talab etiladi:

  • Qisqa savolga javob (250 so‘zdan oshmasligi kerak): Sizga berilgan qo‘shimcha $3,000 dollar pulni nimalarga sarflagan bo‘lar edinggiz (xorijda tahsil olishga, har xil kurslarga, amaliyot dasturlari uchun,tadqiqot va boshqalar)?;
  • Akademik insho ( "Some people argue that leaders are born, not made, while others defend the opposite view, namely that leaders are "made." Write an essay in which you defend one view or the other" Ushbu mavzuda 500 so‘zdan oshmagan holda insho yozishlari kerak);

Dasturga qabul jarayoni va kerakli hujjatlar: Yuqorida ta’kidlangan 2 ta insho hamda CV (har xil qatnashgan mashg‘ulotlaringgiz hamda erishgan yutuqlaringgiz) ni PDF yoki Word doc formatda ushbu email pochta manziliga "Kotzen Application" sarlavha ostida jo‘nating. Hujjatlarning har bir betida talabaning to‘liq ism familiyasi va tug‘ilgan sanasi bo‘lishi lozim.

Eslatma: Barcha hujjatlar 1-dekabrga qadar jo‘natilinishi kerak. Yanvar oyining o‘rtasiga final bosqichiga o‘tganlar e’lon qilinadi hamda fevral oyida ular bilan suhbat o‘tkaziladi va oxirgi natijalar 1- Martga qadar e’lon qilinadi.

Batafsil ushbu grant haqida universitetning rasmiy sahifasi orqali tanishib chiqing , shuningdek qo‘shimcha savollar yuzasidan (617) 521-2000 ga murojaat eting.