Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Slovakiyada barcha bosqich talabalari va tadqiqotchilar uchun to‘liq qoplanuvchi grant dasturi

16.03.2022 11:54
Slovakiyada barcha bosqich talabalari va tadqiqotchilar  uchun to‘liq qoplanuvchi grant dasturi

Muddati:

30.04.2022

Davlat:

Slovakiya

Rasmiy havola:

www.scholarships.sk

Grant turi:

Bakalavriatura, Doktorantura, Magistratura

Umumiy Ma’lumotlar:

Slovakiya hukumati tomonidan faol, harakatchan bakalavriatning 3-4-bosqich, magistratura hamda PhD talabalari, o‘qituvchilar va yosh tadqiqodchilarni qo‘llab quvvatlash maqsadida National Scholarship Programme of the Slovak Republic grant dasturini e’lon qildi. Slovakiyaning o‘zidan boshqa barcha davlatlar fuqorolari topshirishlari mumkin.

Nomzodlarga qo‘yilga talablar:

  • Slovakiyadan tashqaridagi oliygohlarda tahsil olayotgan talabalar topshirishlari mumkin;
  • Oliygohlarda kamida 2.5 yil davomida tahsil olgan bo‘lishi yoki magistratura bosqichida o‘qiyotgan bo‘lishi yokida universitetda yosh o‘qituvchi hamda tadqiqotchilar topshirishi mumkin;

Davomiyligi: Talabalar uchun 4-10 oy; PhD talabalari uchun 1-10 oy; Yosh tadqiqotchi olimlar uchun 1-10 oy;

Grantning afzallik tomonlari:

  • Bakalavriat va magistratura talabalar uchun-400 yevro;
  • PhD talabalari uchun-734 yevro;
  • O‘qituvchilar va yosh tadqiqotchilar -1050 yevro;
  • Turar joy va oziq ovqat bilan ham ta’minlanadi;
  • Safar xarajatlari ham sizning va Slovakiya mamlakati o‘rtasidagi masofaga qarab qoplab beriladi:

a) 0-350km bo‘lsa 0 yevro; b) 350-2000km bo‘lsa 250 yevro; c) 2000-7000 km bo‘lsa 500 yevro; d) 7000 va undan ortiq masofadagi mamlakatlar uchun-1000 yevro;

Grant uchun kerakli hujjatlar:

  • CV/Resume;
  • Motivatsion xat;
  • Detailed study program- Slovakiyada qaysi sohalarda o‘qishi hamda qancha muddatda Slovakiyada qolishi kabi ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi zarur;
  • Hozirda tahsil olayotgan universitet o‘qituvchilari tomonidan 2 ta tavsiyanoma;
  • Diplom yoki barcha semestr baholari;
  • Universitetda tahsil olayotganligi haqida ma’lumotnoma;
  • Ushbu grantni yutish uchun siz dastlab Slovakiyadagi universitetlardan ushbu grant uchun qabul xati;

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlov mezonlari :

‣ Tanlov komissiyasi NSP doirasida kimga stipendiya tayinlanishini hal qiladi. Qo‘mita Slovakiya Respublikasi ta’lim, fan, tadqiqot va sport vaziri tomonidan tayinlanadi. Qo‘mita qarorlari arizachilarning onlayn arizasiga ilova qilingan hujjatlar asosida amalga oshiriladi.

Qabulning oxirgi muddati: 30 aprel 16: 00 CET;

Milliy stipendiya dasturi to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar bilan tanishib chiqing!!!