Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

IELTS vs TOEFL. Ikki xalqaro imtihon o‘xshashliklari va farqlari

8.03.2022 03:20
IELTS vs TOEFL. Ikki xalqaro imtihon o‘xshashliklari va farqlari

IELTS va TOEFL imtihonlari haqida butun dunyo biladi desak yanglishmagan b’lsak kerak. Bu ikki xalqaro imtihonlar shu kabi mashxurki, ular haqida nafaqat ta’lim sohasiga aloqador bo‘lgan, balki ta’limga bevosita aloqasi bo‘lmagan sohalar vakillari ham yetarlicha ma’lumotga egalar yoki shunchaki qachondir ular haqida eshitishgan.

Ushbu ikki imtihon borasida ma’lumotlar qanchalik ko‘p bo‘lishiga qaramay, odamlar orasida "Bu ikki imtihonning qay bir ustunroq yoki yaxshiroq" degan savollar juda ko‘p uchraydi. Mana shu va shunga o‘xshash savollarga javob bo‘lsin uchun, OLIYGOH.UZ jamoasi sizga ular haqidagi ushbu qiyosiy postni taqdim etadi.

Umumiy ma’lumot:

IELTS (International English Language Testing System) va TOEFL (Test Of English as a Foreign Language) imtihonlarning har ikkisi ham nomzodlarning ingliz tilini bilish darajalarini o‘z mezonlari asosida baholab beruvchi xalqaro imtihonlar hisoblanadi. Demak, ularni bir maqsad birlashtirib turadi desak adashmas ekanmiz. Ushbu tashkilotlar taqdim etadigan til bilish sertifikatlari xorijda o‘qish yoki ishlash niyatida bo‘lgan insonlar uchun imkoniyat eshiklarini ochib beruvchi asosiy kalitlardan biri hisoblanadi.

TOEFL va IELTS o‘rtasidagi asosiy farqlar:

  1. TOEFL odatda imtihon paytida faqat AQSh ingliz tili varianti yoki Buyuk Britaniya ingliz tili varianti va ularga xos birliklar hamda talafuz shakllaridan foydalanishni va ikkalasini aralashtirib yubormaslikni talab qiladi, IELTS imtihonida esa bu borada qat’iy talab mavjud emas. Ingliz tilining qaysi variantidan foydalansangiz ham - bexato foydalansangiz bas.
  2. TOEFL asosan ko‘p tanlovli savollardan (Multiple Choice) iborat bo‘lib, IELTS bu borada savollarning turlari va ularga javob berish usullari turli xilligi jihatidan ko‘proq farq qiladi.
  3. IELTS imtihoni TOEFLdan qisqaroq vaqt davom etadi.
  4. IELTS nutq (Speaking) bo‘limi imtihon oluvchi bilan yuzma-yuz amalga oshiriladi.

TOEFL iBT:

TOEFL balini talab qiladigan universitetlar odatda sizdan ma’lum natijalik TOEFL iBT balini talab qilishadi. iBT - internet-based test (internetga asoslangan test) ni anglatadi va TOEFL imtihoning eng ko‘p ishlatiladigan so‘nggi turidir.

Undan asosan AQSh universitetlariga kirish talablari uchun imtiyozli test va oliy ta’lim uchun eng keng tarqalgan ingliz tilini bilish testi siaftida foydalaniladi.

TOEFL ballari:

Odatda universitetlar TOEFL imtihonidan ma’lum bir umumiy ballni so‘raydi (overall score), ammo ayrim hollarda universitetlar qaysidir ko‘nikmadan olingan ball uchun minimal talabnoma ham qo‘yishi mumkin. Bu asosan universitet va tanlangan o‘qish dasturiga bog‘liq.

TOEFL iBT test bo‘limlari:

TOEFL iBT testi turli bo‘limlar asosida til qobiliyatini baholaydi. Nomzodlarning o‘qib tushunish, tinglab tushunish, yozish va so‘zlash ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi va har bir bo‘lim uchun shu bilan birga yakuniy natija uchun umumiy ball beriladi. Quyidagi jadvalga qarang:

TOEFL iBT to‘rt soat davomida bajariladi va to‘rtta mahorat bo‘limidan iborat. Bo‘limlar yarmida majburiy tanaffus qilinadi. O‘qish va tinglash bo‘limlari davomiyligi sizga berilgan savollar soniga qarab har xil bo‘lishi mumkin.

TOEFL "O‘qish" bo‘limi:

Ushbu bo‘lim kompyuter tomonidan baholanadi va akademik matnlarni o‘qish va ularni tushunishingiz bo‘yicha savollarga javob berish asoslangan 36-56 vazifa savollaridan iborat bo‘ladi.

TOEFL "Tinglash" bo‘limi:

Ushbu bo‘lim kompyuter tomonidan baholanadi va ma’ruzalarni tinglash, sinfdagi munozaralar va suhbatlar, so‘ngra ularni tushunishingiz bo‘yicha savollarga javob berishga asoslangan 34-51 vazifa savollaridan iborat bo‘ladi.

TOEFL "Gapirish" bo‘limi:

Ushbu bo‘limda oltita vazifa mavjud bo‘lib, ular maxsus imtihon oluvchi shaxslar tomonidan baholanadi. Bo‘lim 20 daqiqa davom etadi.

TOEFL "Yozish" bo‘limi:

Ushbu bo‘limda yozilgan yozma ishlarni mazmunan yaxshi tushunish uchun imtihon oluvchi shaxslar va kompyuter reytingi asosida baholanadi. Ushbu bo‘limda taxminan 50 daqiqada bajarib tugatish kerak bo‘lgan ikkita vazifa mavjud.

IELTS academic:

Buyuk Britaniyaning barcha universitetlari ingliz tilini bilish sertifikati sifatida IELTS akademik test natijalarini qabul qiladilar, ammo talab qilinadigan daraja har bir muassasa va ularning dasturlariga qarab farq qiladi.

Bundan tashqari, IELTS akademik Kanada va Yevropa davlatlari ta’lim muassasalarida ham tan olingan.

IELTS ballari:

Nomzodlarning ingliz tili darajalarini ifoda etish uchun ularga noldan to‘qqizgacha bo‘lgan butun, shu jumladan yarim ballar ham beriladi.

Quyidagi jadvalga qarang:

IELTS test bo‘limlari:

IELTS tinglash, o‘qish va yozish bo‘limlari bir kunda bo‘lib o‘tadi. Gapirish testini boshqa bo‘limardan bir hafta oldin yoki undan bo‘lib o‘tadi. Tartib bo‘yicha nomzodlar IELTS gapirish bo‘limi test kunini o‘zgartish imkoniyatiga egadirlar.

IELTS "Tinglash" bo‘limi:

Sinovning tinglash qismida siz oldindan yozib olingan to‘rtta monolog yoki ko‘pchilik suhbatni tinglaysiz. Buning uchun taxminan 30 daqiqa, javobingizni javoblar varaqasiga yozish uchun 10 daqiqa ajratiladi.

IELTS "O‘qish" bo‘limi:

Sinovning o‘qish qismi bir soat davom etadi; u turli savollar berilgan uchta uzoq matnlardan iborat. Berilgan matnlar kitoblar, jurnallar va gazetalardan olingan bo‘lib, ayrim hollarda grafikalar va illyustratsiyalar bilan keltirilgan bo‘lishi mumkin.

IELTS "Yozish" bo‘limi:

Yozish bo‘limining birinchi qismida (Task 1) siz berilgan grafik, jadval yoki diagrammadagi ma’lumotlarni o‘zi aks ettirgan, kamida 150 ta so‘zdan iborat insho (report) yozishingiz kerak bo‘ladi. Ikkinchi qismida esa (Task 2) ma’lum savolga javob shaklida kamida 250 so‘zdan iborat qisqa insho yozish topshirig‘i beriladi.

IELTS "Gapirish" bo‘limi:

Ushbu bo‘lim nisbatan qisqa va atigi 15 daqiqagacha davom etishi mumkin. Ushbu imtihon uchta:

  • Introduction and Interview;
  • Independent Long Turn
  • Discussion

qismlaridan iborat bo‘lib, har bir qismning o‘ziga xos talablari mavjud.

IELTS va TOEFL imtihonlari baholarining qiyosiy jadvali:

Xorijda o‘qish uchun IELTS talab qilinadimi yoki TOEFL?

Yuqorida ham aytib o‘tganimiz kabi har ikki imtihon ham xalqaro nufuzga va maqomga ega, ammo qaysidir birini tanlashdan avval albatta siz o‘qimoqchi yoki ishlamoqchi bo‘lgan davlat yoki muassasaning til talablari mezoni bilan tanishib chiqing va ular qabul qiladigan imtihon sertifikatlarini tanlang!

OLIYGOH.UZ jamoasi imtihon topshiruvchilarning barchasiga omad tilab qoladi!