Kanada davlatining eng nufuzli 5 ta universiteti

20-aprel 04:32
Kanada davlatining eng nufuzli 5 ta universiteti

Davlat:

Kanada

Grant turi:

Bakalavriatura, Magistratura, Doktorantura

Umumiy ma’lumot:

Kanada davlati o‘zining ta’lim va universitetlari bilan juda mashhur. Har yili dunyo bo‘ylab talabalar turli sohalarda ta’lim olish uchun Kanadaga tashrif buyurishadi. Kanadada dunyodagi eng yaxshi universitetlar mavjud bo‘lib, ular jahon miqyosida ta’lim olish uchun ko‘plab imkoniyatlarni taklif etadi. Times Higher Education’s World University Rankings 2021 rasmiy sayti taqdim etgan ma’lumotlarga kora, ayni vaqtda 30 dan ortiq Kanada ta’lim muassasalari dunyodagi eng yaxshi muassasalar qatoriga kiritilgan. AQSh singari, Kanada ham oddiy o‘qish jarayonlari va doimiy yashash ko‘plab imkoniyatlar bilan bir qatorda arzon o‘qish imkoniyatlarini ham taqdim etadi.

Kanada davlatining eng nufuzli 5 ta universiteti:

Universitet Provinsiya Shahar Milliy reytingi 2021 Xalqaro 2021
University of Toronto Ontario Toronto 1 18
University of British Columbia British Columbia Vancouver 2 34
McGill University Quebec Montreal 3 40
McMaster University Ontario Hamilton 4 69
University of Montreal Quebec Montreal 5 =73

1. University of Toronto

Dastlab Angliya cherkovi tomonidan nazorat qilingan Toronto universiteti Yuqori Kanadaning koloniyalashgan hududida tashkil etilgan birinchi universitetdir. U Buyuk Britaniyaning nufuzli universitetlari singari kollegial tizim sifatida tashkil etilgan. Toronto universiteti akademik ko‘rsatkichlari bo‘yicha Kanadada 1-o‘rinni egallaydi.

See the source image

Shunday qilib, universitet Kanadadagi universitetlar orasida birinchi bo‘lib o‘zining akademik nashriyoti, mamlakatdagi birinchi o‘rmonshunoslik fakulteti bilan 1 milliard Kanada dollaridan ortiq (586 million funt) byudjetga ega bo‘lgan ilk universitetga aylangan. Ushbu universitetda ko‘plab nufuzli akademik harakatlarga asos solingan, jumladan Toronto adabiyotshunoslik va aloqa nazariyasi maktabi va ildiz hujayralarini davolash bo‘yicha tadqiqotlar. Toronto universiteti 700 dan ortiq bakalavriat va 200 ta magistratura darajalaridagi dasturlarni taklif etadi va dunyodagi tibbiyot bo‘yicha eng yaxshi institutlardan biri sifatida tanilgan.

Universitetning grant dasturlari:

Toronto universiteti har yili xalqaro va milliy talabalar uchun katta miqdorda grant va stipendiya imkoniyatlarini taqdim etadi. Ushbu grant dasturlari haqida bu yerda batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

2. University of British Columbia

University of British Columbia universiteti nafaqat Kanadadagi eng qadimiy universitetlardan biri, shuningdek, viloyatdagi eng raqobatbardosh universitetlardan biridir. Uning ikkita kampusi bo‘lib, biri Kellowna va yana bittasi Vankuverda joylashgan. Vankuverdagi talabalar shaharchasi sohil bo‘yi va plyajlar yaqinida joylashgan bo‘lib atrofi Shimoliy Shor tog‘lari bilan o‘ralgan. Institutda bir nechta botanika bog‘lari va talabalar shaharchasida yodgorlik bog‘lari mavjud. University of British Columbia turli xil stipendiya dasturlari shu jumladan Donald A Wehrung xalqaro talabalar mukofotini taklif etadi.

See the source image

Universitetning grant dasturlari:

University of British Columbia har yili xalqaro va milliy talabalar uchun katta miqdorda grant va stipendiya imkoniyatlarini taqdim etadi. Ushbu grant dasturlari haqida bu yerda batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

3. McGill University

1821-yilda tashkil etilgan Makgill universiteti ham Kanadadagi eng yaxshi universitetlar qatoridan joy oladi. McGill universiteti 1829-yilda Kanadaning birinchi tibbiyot fakultetiga asos solgan va shu kungacha klinik yo‘nalishlar bo‘yicha jahon reytingida yuqori ko‘rsatkichlarga ega. Ushbu universitetda 300 dan ortiq oliy o‘quv dasturlarini talabalarga taklif etib keladi. Universitet nafaqat milli balki xalqaro talabalar uchun ham eng yaxshi tanlovlardan biridir. Shuning uchun ham ayni vaqtda 150 mamlakatdan kelgan 31000 dan ortiq talabalar McGill Universitetining o‘quv dasturlarida ta’lim olib kelishmoqda. Biz buni Kanadaning xalqaro miqyosdagi eng xilma-xil institutlaridan biri deb ayta olamiz. Universitet Kanadadagi boshqa universitetlarga qaraganda ko‘proq Rodos olimlarini tarbiyalaydi. Ushbu universitet bitiruvchilari orasida mashxur qo‘shiqlar muallifi Leonard Koen va aktyor Uilyam Shatnerlar ham bor.

See the source image

Universitetning grant dasturlari:

McGill University har yili xalqaro va milliy talabalar uchun katta miqdorda grant va stipendiya imkoniyatlarini taqdim etadi. Ushbu grant dasturlari haqida bu yerda batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

4. McMaster University

McMaster University - Kanadaning Xamilton shahrida joylashgan o‘rtacha kattalikdagi davlat universiteti. Universitetda 2010 yilda 22852 bakalavr va 3588 magistr talabalari tahsil olgan. McMaster University Torontodagi Baptistkollajda voyaga yetgan va oliygohni moliyalashtirishga katta hissa qo‘shgan Uilyam Makmaster nomi bilan atalib keladi. Universitetning bitiruvchilari orasida Martin Shotl, Evgeniy Levi, Ivan Reytman va Tihomir Oreskovich kabi muvaffaqiyatli aktyorlar ham bor.

See the source image

McMaster University har yili xalqaro va milliy talabalar uchun katta miqdorda grant va stipendiya imkoniyatlarini taqdim etadi. Ushbu grant dasturlari haqida bu yerda batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

5. University of Montreal

Monreal universiteti (Fransuzcha Universitetee de Montreal, qisqartirilgan shakli UdeM) 1878 yilda tashkil topgan bo‘lib ta’limni asosan fransuz tilida olib boruvchi universitet hisoblanadi. Ushbu oliygoh Monrealdagi to‘rtta universitetlardan biri. Hozirda universitet prezidenti - Gay Breton. Unda har yili 13 fakultetda va 60 dan ortiq kafedrada 45000 talaba ta’lim oladi. 2006 yilda universitetning byudjeti 899,5 million Kanada dollarini tashkil etdi. Bu Quebec provinsiyasidagi eng yirik tadqiqot universiteti va Kanadadagi ikkinchi eng yirik universiteti hamdir. Universitetda shahar bo‘ylab tarqalgan uchta kampus mavjud.

See the source image

Monreal universiteti har yili xalqaro va milliy talabalar uchun katta miqdorda grant va stipendiya imkoniyatlarini taqdim etadi. Ushbu grant dasturlari haqida bu yerda batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.