Toshkent shahridagi maktabda “Direktor stipendiyasi” joriy etildi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida joylashgan 100-sonli umumta’lim maktabida bilimli va iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Direktor stipendiyasi” joriy etildi. Bu haqda Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Ushbu stipendiya 2024-2025 o‘quv yilida ta’lim olayotgan 1-11-sinf o‘quvchilari uchun amal qiladi. Dastlabki stipendiya sohiblari sifatida 2-“A” sinf o‘quvchisi Azizaxon Tojibayeva hamda 9-“B” sinf o‘quvchisi Asaliya Ergasheva tanlab olindi.
Maktab direktori Shuhrat Ro‘ziyev o‘z maoshi hisobidan iqtidorli o‘quvchilarga 500 000 so‘mdan stipendiya ajratmoqda.