Yevropa parlamentida amaliyot o‘tash imkoniyati. 1339 yevrogacha oylik
1.11.2021 21:38

Yevropa Ittifoqining yuragida ishlashni orzu qilganmisiz? Bu sizning imkoniyatingiz. Yevropa Parlamentida Shuman stajirovkasi amaliyotiga arizalar hozirda ochiq.
Yevropa Parlamenti Kotibiyatda stajyorlar uchun turli xil bo‘sh ish o‘rinlarini taklif qiladi. Amaliyotdan ko‘zlangan maqsad yosh fuqarolarga zarur tajriba orttirishga yordam berishdir.
Amaliyot muddati 5 oy. Har bir nomzod 3 ta bo‘sh ish o‘rni uchun ariza topshirishi mumkin.
Imtiyozlar:
- Ishtirokchilar 5 oy davomida nufuzli parlamentlarda amaliyot o‘taydi;
- Kuchli mutaxassislar bilan birga internatsional muhitda ishlaydilar;
- Bryussel va Lyuksemburgda ishlaydigan stajyorlar oyiga 1339 evro olishi mumkin.
Talablar:
- Nomzodlar kamida 18 yosh bo‘lishi;
- Kamida bakalavr bosqichining 3-kursini tugatgan bo‘lishi;
- Yevropa Ittifoqi tillaridan birini mukammal bilishi;
- Yevropa Ittifoqi muassasalarida 2 oydan ortiq ishlamagan bo‘lishi;
- oxirgi 6 davomida tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanmagan bo‘lishi kerak.
Dasturda ishtirok etish uchun shu yerga kiring.
Dastur haqida batafsil rasmiy havola orqali ma’lumot olishingiz mumkin.
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
European Forum Alpbach 2022: Avstriyada bo‘lib o‘tadigan Yevropa Alpbach forumida 2 hafta davomida qatnashish imkoniyati
21.03.2022 22:55
DTM natijasi chiqdi — endi nima qilaman?
06-avgust 18:10
"Millat Umidi" granti yakuniy natijalari e’lon qilindi
31.07.2024 16:04
Rossiya va Chexiyada ta’lim olish uchun GRANT
1.06.2024 15:14