Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Tsinghua universiteti: Ingliz tilida ilmiy maqolalar yozish va taqdim etish yuzasidan 5 haftalik bepul onlayn kurs

3.04.2021 02:21
Tsinghua universiteti: Ingliz tilida ilmiy maqolalar yozish va taqdim etish yuzasidan 5 haftalik bepul onlayn kurs

Davlat:

Xitoy

Rasmiy havola:

www.edx.org

Universitet haqida qisqacha:

Tsinghua universiteti, 1911 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Osiyodagi eng nufuzli universitetlardan biri hisoblanadi. Tsinghua universiteti 19 maktab va 55 kafedradan iborat bo‘lib, ular ilm-fan, muhandislik, gumanitar, ijtimoiy fanlar, arxitektura, menejment, huquq, tibbiyot, san’at va dizayn fakultetlariga ega.

See the source image

Kusr borasida qisqacha:

Universitet tomonidan taqdim etilayotgan ushbu aloqa kursida siz ingliz tilida hujjatlarni to‘g‘ri yozishni, ma’lumotnomalarni to‘g‘ri o‘rinlarda keltirishni va atributlarni berishni o‘rganasiz. Shuningdek, tadqiqot mavzularini tanlash va tadqiqotlarni moliyalashtrish loyihalari uchun insholar yozishni o‘rganasiz.

Kursning tafsilotlari:

  • Davomiyligi - 5 hafta, haftasiga 2-3 soatdan;
  • Narxi - mutlaqo bepul;
  • Kurs tili - Ingliz tili;
  • Daraja - Intermediate.

Kurs uchun hoziroq ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin. Buning uchun ushbu havola orqali rasmiy saytga tashrif buyuring.