Umumta’lim muassasalarini tekshirish vakolatiga ega davlat organlari ro‘yxati
16.10.2024 15:00
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-apreldagi qaroriga ko‘ra, umumta’lim muassasalarini tekshirish vakolatiga ega bo‘lgan davlat organlari quyidagilardir:
- O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning voyaga yetmaganlar o‘rtasidagi nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi maxsus bo‘linmalari;
- Ichki ishlar vazirligining Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati va uning hududiy bo‘linmalari;
- Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda uning hududiy boshqarmalari va bo‘limlari;
- Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda uning tegishli hududiy bo‘linmalari;
- Favqulodda vaziyatlar vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari;
- Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Maktablarda yagona davlat imtihoni joriy qilinadi
22-fevral 13:02
10-sinfdan so‘ng texnikumga yo‘l ochiq!
14-fevral 16:17