Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Portugaliyada to‘liq qoplanadigan innovatsion forum

10.04.2022 20:34
Portugaliyada to‘liq qoplanadigan innovatsion forum

Muddati:

25.04.2022

Davlat:

Portugaliya

Rasmiy havola:

www.soalliance.org

Grant turi:

Konferensiya

2022-yil 24-26-iyun kunlari Portugaliya va Keniya hukumatlari hamda BMT Global shartnomasi CEiiA, Cascais, Nova Business and Economics School (Nova SBE), SOA bilan hamkorlikda BMTning Okean konferensiyasi yoshlar va innovatsiyalar forumini tashkil qilmoqda.

Forum SDG 14 maqsadlariga erishishda okean harakatlari va yoshlar tomonidan taklif etiladigan yechimlarni amalga oshirish uchun platforma bo‘ladi.

Forum maqsadlari:
-2020 SDG 14 maqsadlarini va 2030 yilgi kun tartibini amalga oshirishga yordam beruvchi yoshlar boshchiligidagi yechimlarni taqdim etish.
-Yosh tadbirkorlar va innovatorlarga o‘z g‘oyalarini kengaytirish va ta’sirni maksimal darajada oshirishga yordam berish uchun davlat va xususiy sektorda treninglar, murabbiylik, investorlar bilan aloqalar va tarmoqlarni ta’minlash.
-Yosh liderlarni o‘zgarishlarning asosiy sababchilari sifatida jalb qilish.
-Sakkizta interfaol muloqotda ishtirok etish orqali yoshlarga BMTning Okean konferensiyasi siyosiy jarayoniga hissa qo‘shish imkonini berish.

Forum 2022-yil 24-26-iyun kunlari Portugaliyaning Kaskais shahridagi Nova biznes va iqtisodiyot maktabida bo‘lib o‘tadi.

Ishtirok etish huquqiga ega bo‘lish uchun arizachilar 18-35 yoshda bo‘lishlari lozim. Forum rivojlanayotgan va o‘rta daromadli mamlakatlardan nomzodlarni qabul qilish va moliyalashtirishga ustuvor ahamiyat beradi.

Ishtirokchilar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

-Nomzodning professional, akademik sohasi SDG14 maqsadlariga qanchalik mos kelishi.
-Nomzodning hozirgi ishi yoshlar forumining maqsad va qadriyatlariga qanchalik mos kelishi.
-Nomzodning hozirgi va oldingi ishining okean sektori hududiga ta’siri miqdori. Bu ta’sir doirasi, qamrab olingan geografik hudud, operatsiyalar ko‘lami, qonunchilikka ta’siri va boshqalar nuqtai nazaridan baholanadi.
-Nomzodning ishi yangi auditoriyalar, geografiyalar yoki sektorlarga kengaytirilishi mumkinmi?
-Ariza beruvchi loyihalar yoki tashabbuslar va/yoki boshqa yirik tadbirlar hamda forumlarda qatnashish orqali yetakchilik namunalarini namoyish qilishi kerak bo‘ladi.

Ariza topshirishning so‘nggi muddati: 25-aprel, 2022.