Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Talablar uchun YUNESKO tashkilotida amaliyot o‘tash imkoniyati

1.09.2021 20:26
Talablar uchun YUNESKO tashkilotida amaliyot o‘tash imkoniyati

Rasmiy havola:

en.unesco.org

Grant turi:

Internship

Agar siz ta’lim, fan yoki madaniyat sohasida amaliyot o‘tamoqchi bo‘lsangiz, unda YUNESKO siz uchun ajoyib imkoniyatni taqdim etadi.

YUNESCO amaliyot dasturi talablarga YUNESKOning ustuvor yo‘nalishlaridan birida amaliyot o‘tashni taklif etadi. YUNESKO amaliyotchilarga ushbu tashkilotning vazifalari, dasturlari va asosiy maqsadlarini tushunishlarida yordam berishdan tashqari, kelajakdagi karyeralari uchun ham katta yo‘l ochadi.

Kimlar ariza topshira oladi?

Ariza topshirish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • Nomzod 20 yoshdan kichik bo‘lmasligi;
  • bakalavr darajasini tugatgan bo‘lishi va magistraturada o‘qiyotgan bo‘lishi;
  • Ingliz va fransuz tilida ravon so‘zlay olishi;
  • Office dasturlarda bemalol ishlay olishi;
  • Jamoada ishlash uchun zarur bo‘lgan barcha xususiyatlarga ega bo‘lishi lozim.

Kerakli hujjatlar:

  • CV (tarjimayi hol);
  • Motivatsion xat;
  • Akademik jihatdan avval o‘qigani va hozir o‘qiyotganligini tasdiqlovchi hujjat (diplom, o‘qish joyidan ma’lumotnoma) va boshqalar.

Amaliyot 2 oydan 6 oygacha davom etadi. Ariza topshirayotganda ingliz yoki fransuz tilidan foydalanish lozim. Ariza topshirish SHU YERDA