Buyuk Britaniya: Bakalavr bosqichida o‘qish uchun qiymati 141 000 AQSh dollarlik to‘liq moliyalashtirilgan grant dasturi
Muddati:
17.05.2021
Davlat:
Buyuk Britaniya
Rasmiy havola:
Grant turi:
Bakalavriatura
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Universitet va grant dasturi haqida:
University of Strathclyde oliygohi Glasgowdagi eng yaxshi davlat universitetlaridan biri hisoblanadi. Universitet dunyoni yanada o‘qimishli, farovon, sog‘lom, adolatli va xavfsiz qilish uchun universitet hududidan tashqarida o‘z qamrovini kengaytirishni maqsad qilib olgan.
Universitet tomonidan ajratilgan grant dasturidan ko‘zlangan asosiy maqsad ham xalqaro va milliy talabalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashdir.
Talablar:
- Nomzodlar avvalo universitetning bakalavr bosqichida quyidagi kurslardan birida o‘qish uchun qabul qilinishlari kerak:
- Biomedikal muhandislik,
- Protezlash,
- Ortez.
- Nomzodlar qabul qilingan dastur bo‘yicha kunduzgi to‘liq tartibda ta’lim olish kerak (full-time);
Ariza topshirish jarayoni:
- Avvalo talabalar BU YERDAN universitet portali orqali yuqoridagi bakalavr dasturlaridan biriga ariza topshirishlari va ariza topshirish jarayonini yakunlashlari shart. O‘qishga qabul qilingan talabalar grant imkoniyati uchun ham avtomatik ko‘rib chiqiladi.
Kerakli hujjatlar:
- Avvalgi ta’limda olingan diplom va uning ilovasi, ta’lim sertifikatlari;
- Tavsiyanoma xatlari;
- Pasportingizning nusxasi;
- Viza nusxasi (olingach).
Qabul talabi:
Talabalar tegishli fizika yoki biologiya fanlari, tabiatshunoslik, matematika yoki muhandislik bo‘yicha kamida ikkinchi darajali (upper-second class honors degree) diplomga ega bo‘lishlari kerak.
Ingliz tili talabi:
Talabalar IELTS Academic testida kamida 6.5 ballga ega bo‘lishlari kerak va hech bir qismi 5.5 dan kam bo‘lmasligi kerak.
Grantning manfaatli tomonlari:
Universitet tanlangan bakalavriat talabalariga to‘rt yil davomida o‘qish narxi, yashash xarajatlari, o‘qish xarajatlari va jihozlari bo‘yicha 100 000 funt sterling (taxminan 141 000 AQSh dollari) miqdorida mablag‘ taqdim etadi.