Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

University of Alberta Scholarship: Kanadada Bakalavriat, Magistratura hamda doktorantura bosqichlari uchun to‘liq grantlar

8.10.2021 23:03
University of Alberta Scholarship: Kanadada Bakalavriat, Magistratura hamda doktorantura bosqichlari uchun to‘liq grantlar

Muddati:

01.11.2021

Davlat:

Kanada

Rasmiy havola:

www.ualberta.ca

Grant turi:

Bakalavriatura, Doktorantura, Magistratura

Umumiy Ma’lumotlar:

Kanadada top 5 talik universitetlar qatoriga kiradigan Alberta univeristeti tomonidan barcha chet ellik talabalarga bakalavriat, magistratura hamda doktorantura bosqichlari uchun Canadian Scholarship 100% lik grant dasturlarini e’lon qilgan.

Alberta universitetida 200 dan ortiq bakalavriat yo‘nalishlari, 500dan ortiq magistratura yo‘nalishlari, shuningdek 300dan ortiq tadqiqot yo‘nalishlar mavjud:

    • Qishloq xo‘jaligi hayoti va ekologiya fanlari;
    • Alberta biznes maktabi;
    • Tasviriy san’at va gumanitar fanlar;
    • Ijtimoiy fanlar;
    • Ta’lim;
    • Muhandislik;
    • Huquqshunoslik;
    • Tibbiyot va stomatologiya;
    • Mahalliy tadqiqotlar;
    • Hamshiralik;
    • Farmatsevtika va farmatsevtika fanlari;
    • Jamoat salomatligi;
    • Reabilitatsiya tibbiyoti;
    1. Barcha bakalavr dasturlarini tekshiring ( Bu yerda );
    2. Barcha magistrlik dasturlarini tekshiring ( bu yerda );

Ushbu Stipendiyaning afzallilari:

Stipendiyaning quyidagi turlari mavjud:

  • Entrance scholarships (bakalavriat hamda magistratura bosqichlari uchun; avtomatik tarzda tanlab olinadi)
  • International Student Scholarships: Value: 4yil uchun 9000$ lik stipendiya;
  • University of Alberta Gold Standard Scholarship: Value: $6,000
  • University of Alberta Doctoral Recruitment Scholarship: $5,000/yillik
  • University of Alberta Master’s Entrance Scholarship: Stipend: $17,500 (chet ellik talabalarga qo‘shimcha $10,000 beriladi.)
  • Alberta Graduate Excellence Scholarship (AGES): Minimal 11 000$ dan 15 000$ gacha stipendiyalar beriladi;

Bakalavriat uchun ajratilayotgan grantlar bilan batafsil BU YERDA va magistratura bosqi grant dasturlari uchun BU YERDA batafsil bilib oling;

Nomzodlar uchun qo‘yilgan talablar:

  • Barcha chet ellik hamda Kanada fuqorolari topshirishlari mumkin;
  • Agarda siz uchbu davlatlardan bo‘lmasanggiz til bilish sertifikatinggiz kerak bo‘ladi;
  • Oxirgi muddatni kutmasdan ertaroq topshirib qo‘yavering‘;

Ushbu grant dasturi haqida BATAFSIL ma’lumotlarni bu yerdan blib oling;