Angliya: Magistratura bosqichida o‘qish uchun qariyb 26 000 AQSH dollarlik grant va taxminan 15 300 AQSH dollarlik stipendiya
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Universitet haqida qisqacha:
Sasseks universiteti Angliyada joylashgan jamoat tadqiqot universiteti bo‘lib, u asosan Brayton va Xov shaharlari chegaralarida joylashgan, ammo uning sharqiy qismi Lyuesgacha cho‘ziladi. Universitetning THE (Times Higher Education) taqdim etgan xalqaro universitetlar reytingidagi o‘rni - #160.
Grant dasturi haqida qisqacha:
Universitet taklif qilayotgan IDS Graduate Scholarship 2021 dasturi kam yoki o‘rtacha daromadli mamlakatlarning xalqaro talabalariga taqdim etiladi. Bu dastur uchun ushbu ro‘yxatdan joy olgan (O‘zbekiston ham ushbu ro‘yxatda bor) mamlakat fuqarolari ariza topshira oladilar. Bu yilgi grantlardan biri uchun Osiyo va Afrika mamlakatlaridan bo‘lgan 1 nafar qiz bola nomzod uchun maxsus joy ajratilishi, qiz bola nomzodlarni ham ushbu grant uchun ariza berishlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
Grantning manfaatli tomonlari:
G‘olib bo‘lgan nomzodlarga o‘qish to‘lovi uchun 18 500 funtgacha (qariyb 26 000 AQSH dollari) va yashash uchun zarur bo‘lgan xarajatlar uchun 11 000 funtgacha (taxminan 15 300 AQSH dollari) miqdorida grantlar ajratiladi.
Nomzodlarga qo‘yilgan talablar:
Dastur uchun faqatgina ushbu ro‘yxatdan joy olgan (O‘zbekiston ham ushbu ro‘yxatda bor) mamlakat fuqarolari ariza topshira oladilar. Nomzodlar:
- rivojlanish sohasida yutuqlarga erishganligi hamda zaruriy akademik ko‘nikmalarni to‘liq egallaganligi bilan ajralib turishlari kerak;
- o‘zmamlakatlarida - ta’lim, iqtisodiy, ijtimoiy yoki madaniy tomonlama rivojlanish uchun mehnat qilishga tayyor ekanliklari, avvalgi tajribalari va kelajakdagi rejalarini yoritish orqali buni namoyish eta olishlari kerak;
- yuqori daromadli (rivojlangan) mamlakatlardada o‘qimagan yoki ishlamagan bo‘lishlari kerak;
- barcha IDS granti va Sasseks universitetining kirish talablariga javob berishlari kerak;
- nomzodlar ingliz tilini bilish sertifikatiga ega bo‘lishlari kerak. Til darajasi bo‘yicha talablar universitet kurslariga ko‘ra farqlanadi. Bu borada to‘liq ma’lumotni bu yerdan olishingiz mumkin.
Grantga ariza berish jarayoni:
- Nomzodlar universitetning IDS granti taklif qilayotgan magistratura bosqichi kunduzgi o‘qitiladigan kurslaridan biriga bu yerdan ariza topshirishlari va shartsiz qabul qilinganlik taklifini olishlari kerak;
- Grant dasturi uchun arizalar 2021- yil 30-aprel sanasigacha onlayn holatda bu yerdan yuborilishi kerak. Onlayn ariza shaklini to‘ldirishda quyidagi ikkita talabnomaga e’tiborli bo‘ling. Chunki grant uchun minimal talablarni bajargan nomzodlar aynan mana shu qismlar uchun bergan javoblari asosida tanlab olinadilar.
Eslatma:
Universitetdan qabul qilinganlik xati kelgunga qadar grant uchun ariza berishlari mumkin. Ammo universitetdan 2021- yil 30-aprel sanasigacha shartsiz qabul qilinganlik taklifini olishlari kerak. Hujjatlar taqdim etilgach arizalar ko‘rib chiqiladi va muvaffaqiyatli nomzodlar suhbatga jalb qilinishlari mumkin (telefon, Zoom yoki Microsoft Teams orqali). Grantni qo‘lga kiritgan nomzod 2021 yil 31-iyulgacha yozma ravishda xabardor qilinadi.