Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

University of Tokyo Internship Program 2022: Tokiyo universitetida onlayn amaliyot o‘tash imkoniyati

9.05.2022 17:09
University of Tokyo Internship Program 2022: Tokiyo universitetida onlayn amaliyot o‘tash imkoniyati

Muddati:

25.05.2022

Davlat:

Yaponiya

Rasmiy havola:

www.s.u-tokyo.ac.jp

Grant turi:

Bakalavriatura, Magistratura

Umumiy ma’lumotlar:

Barcha millat vakillari uchun dini, irqi va kelib chiqishidan qat’iy nazar barcha tabiiy fanlar ( a natural science or related field) yoki shunga yaqin yo‘nalishida tahsil olayotgan bakalavriat hamda magistratura bosqichi talabalari uchun Tokiyo univerisitetida to‘liq moliyalashtiriluvchi onlayn amaliyot (UTRIP Online 2022) o‘tash imkoniyati.

Nomzodlarga qo‘yilgan talablar:

  • Ariza beruvchilar hozirda bakalavr yoki magistratura bosqichida tahsil olishlari kerak;
  • Yaponiyadan tashqarida bo‘lgan universitetlardan birida tahsil olayotgan bo‘lishi;
  • Tabiiy fanlar yoki shunga aloqador yo‘nalishilardan (kimyo, bologiya, fizika va boshqakar) birida tahsil olayotgan bo‘lishi kerak;
  • Agar nomozdlarning birinchi tili ingliz tili bo‘lmasa, ular IELTS, TOEFL va boshqalar kabi har qanday ingliz tili imtihonining malaka sertifikatini taqdim etishlari kerak. Muddati o‘tgan sertifikatlar ham haqiqiyligini isbotlay olsa, qabul qilinadi.
  • Ariza beruvchilar UTRIP tomonidan rejalashtirilgan barcha tadbirlarda ishtirok etishlari kerak.
  • Ushbu onlayn amaliyot darslarini umuman qoldirmagan holda qatnashib vazifalar vaqtida bajarilishi kerak;

To‘liq moliyalashtirilgan onlayn amaliyotga ariza topshirishning afzalliklari:

  • Stajyorlar tadqiqot loyihalarini amalga oshirishni xalqaro darajadagi mutaxasislardan o‘rganishadi;
  • Yaponiyaning professional tadqiqotchilari bilan onlayn uchrashuvlar o‘tkazish imkoniyati;
  • Amaliyotni muvaffaqqiyatli tamomlagan nomzodlarga ushbu amaliyotni Yaponiya universitetida o‘taganligi haqida sertifikatiberiladi;

Kerakli hujjatlar:

  • Barcha akademik transkriptlarning skanerlangan nusxasi;
  • Rezyume/CV;
  • Ingliz tilini bilish sertifikati;
  • Baho tizimi bilan ingliz tilida transkript ();
  • Tavsiyanoma;

Ro‘yxatdan o‘tish uchun bu yerga murojaat eting;

Ushbu amaliyot dasturiga topshirishdan oldin rasmiy saytdan batafsil ma’lumotlarni bilan tansihib chiqing .