Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

AQSHda Draxel universitetida bakalavriat bosqichida to‘liq moliyalashtirilgan grant asosida tahsil olish imkoniyati

12.10.2021 08:02
AQSHda Draxel universitetida bakalavriat bosqichida to‘liq moliyalashtirilgan grant asosida tahsil olish imkoniyati

Muddati:

15.11.2021

Davlat:

Amerika Qo‘shma Shtatlari

Rasmiy havola:

drexel.edu

Grant turi:

Bakalavriatura

Umumiy Ma’lumotlar:

Draxel Universiteti AQSHdagi top univeristetlardan biri hisoblanib har yili ushbu universitetda tahsil olish uchun o‘zining turli xil grant dasturlarini e’lon qilib kelmoqda. Ushbu grant dasturlaridan biri-Global Scholars Program at Drexel university dasturi hisoblanadi, ushbu grant dasturi to‘liq moliyalashtiriluvchi grant bo‘lib har yili o‘rtacha 15 ta Drexel univeritetidagi o‘zini ko‘rsata olgan , leaderlik qobiliyatlariga ega bo‘lgan chet ellik talabalariga beriladi.

Nomzodlar uchun qo‘yilgan talablar:

  • Barcha chet ellik talabalarga taqdim etiladi;
  • Drexel univeristetiga 1-kursga qabul qilingan bo‘lishlari kerak;

Grantning afzalliklari;

  • To‘liq kontrakt pullaridan ozod etiladi;
  • Ushbu grant turar joy hamda yillik qo‘shimcha to‘lovlarni o‘z ichiga olmaydi ammo 1-kurs talabalariga turar joy masalalarida yordom ko‘rsatiladi;

Dasturga qabul jarayoni:

  • Dastlab nomzod Drexel universitetiga xalqaro talaba sifatida qabul qilinishi zarur;
  • Oxirgi muddat (15.11.2021) o‘tmasdan onlayn ariza to‘ldirishlari kerak. Ushbu onlayn ariza quyidagilarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak:

1) Har bir bandi 750 so‘zdan iborat insho yozing. Sizning inshoinggiz "Siz hayotinggiz davomida qaror qabul qilishga eng qiynalgan vaziyatni batafsil tasvirlang hamda ushbu universitetda o‘qishni tugatganinggizdan so‘ng o‘z jamiyatinggizga qay usulga yordam bermoqchisiz? " kabi bandlardan iborat bo‘lishi zarur;

  • CV/Resume;
  • Onlayn ariza shaklini topshirganinggizdan so‘ng emailinggizga Discover Drexel ulanish uchun xabar keladi;

Eslatma: ushbu grantr dasturiga hujjat topshirishdan oldin grant haqida batafsil tanishib chiqing!