Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

AQSh elchixonasi tomonidan tashkillashtirilgan ayol va qizlar uchun o‘zini himoyalash mashg‘ulotlari

2.10.2021 22:28
AQSh elchixonasi tomonidan tashkillashtirilgan ayol va qizlar uchun o‘zini himoyalash mashg‘ulotlari

Muddati:

08.10.2021

Davlat:

O‘zbekiston

Rasmiy havola:

uz.usembassy.gov

Grant turi:

Tanlovlar

Ayollar va qizlar uchun o‘z-o‘zini himoya qilish mashg‘ulotlari

AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi Fudokan Karate-Do bo‘yicha professional instruktorlar - AQSh xalqaro sport almashinuvi dasturining bitiruvchilari - bilan hamkorlikda qizlar va ayollar o‘zlarini himoya qilishlari uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalar va o‘z-o‘ziga bo‘lgan ishonchni rivojlantirishga qaratilgan o‘z-o‘zini himoya qilish bo‘yicha o‘quv dasturining yakuniy raundini Toshkent shahrida boshlamoqda.
Mashg‘ulotlar 2021-yil noyabr oyidan boshlab Makro supermarketlar tarmog‘i tomonidan yordam sifatida ta’minlanadigan zamonaviy sport zalida uch oy davomida o‘tkaziladi. Mashg‘ulotlarning aniq boshlanish sanasi bo‘yicha ma’lumot tanlab olingan barcha ishtirokchilarga qo‘shimcha ravishda yetkaziladi. Ikkita yosh bo‘yicha tuzilgan guruh tayinlanadi, har bir guruh ishtirokchilari soni 30 kishidan oshmaydi.

  • A guruhi: 13 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar - dushanba, chorshanba va juma soat 15:00 dan 16:00 gacha;
  • B guruhi: 18 yoshdan oshgan ayollar - dushanba, chorshanba va juma soat 21:00 dan 22:00 gacha.

Ishtirokchilar o‘zlarini jismoniy zo‘ravonlikdan himoya qilish, yaxshi jismoniy holat va osoyishtalikni saqlash uchun bir qator texnika va mashqlarni o‘rganadilar. Jismoniy tayyorgarlik dasturi professional psixolog - shuningdek AQShning xalqaro almashinuv dasturining bitiruvchisi - boshchiligidagi ruhiy salomatlik bo‘yicha treninglar bilan to‘ldiriladi.

Ishtirokchilar o‘z-o‘zini himoya qilish ko‘nikmalaridan tashqari, nizolarni hal qilish, ochiq muloqot va stressni boshqarish usullarini o‘rganadilar.

Mashg‘ulotlar jismoniy tayyorgarlik darajasidan yoki oldingi mashg‘ulot tajribasidan qat’iy nazar, 13 yoshdan oshgan qizlar va ayollar uchun mo‘ljallangan.

Mashg‘ulotlarimizning birinchi bosqichiga ro‘yxatdan o‘tish uchun ushbu linkga o‘ting.

Arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati: 2021-yil 8-oktyabr, juma.

Ushbu ma’lumotni o‘z hududingizdagi qizlar va ayollar orasida tarqating.

MUHIM QAYDLAR:

  • Ushbu loyiha faqat qizlar va ayollar uchun mo‘ljallangan.
  • Mashg‘ulotlar bepul.
  • Ishtirokchilar qatnashish uchun taqdim etilgan arizalar asosida tanlanadi.
  • Darslar Toshkentdagi BeFit fitness-klubida o‘tkaziladi. Mashg‘ulot zali Makro supermarketlar tarmog‘i tomonidan ta’minlanadi.