Grantlar

AQSH: Bakalavr bosqichida ta’lim olish uchun umumiy 32 000 AQSh dollarlik grant

AQShning Ball State University oliygohida bakalavr bosqichida ta’lim olish uchun 32 000 AQSh dollargacha grantlar taklif etilmoqda

1 931 ko'rish

Yangilangan:

AQSH: Bakalavr bosqichida ta’lim olish uchun umumiy 32 000 AQSh dollarlik grant

Universitet va grant dasturi haqida:

Ball State University (Ball State yoki BSU) 1918-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Indiana shtati Muncie shahridagi davlat tadqiqot universitetidir. Unda 120 ga yaqin bakalavr yo‘nalishlari va 130 ta kichik yo‘nalishlar va 100 dan ortiq magistratura, doktorantura, sertifikat va mutaxassislik darajalarini taqdim etuvchi kurslar mavjud.

See the source image

Universitet tomonidan taklif etilayotgan International Honors Scholarship dasturi akademik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan xalqaro talabalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutadi.

Grantga kimlar uchun?

  • Grant uchun istalgan mamlakat fuqarolari nomzodlik qilishlari mumkin.

Bakalavr dasturiga ariza berish jarayoni:

  • Grant uchun nomzodlik qila olish uchun talabalar avvalo universitetning bakalavr dasturlaridan biriga BU YERDAN ariza berishlari va o‘qishga qabul qilinishlari kerak.

Kerakli hujjatlar:

  • O‘rta ta’lim maktabi yoki kollej/akademik litsey diplomi va ilovalari;
  • Rezyume;
  • Tavsiyanoma xati;
  • Ingliz tilini bilish sertifikati (tanlangan dasturga qarab talab turlicha).

Grant uchun asosiy talabalar:

Ball State University International Honours grantini qo‘lga kiritish uchun talabalar jami GPA 2.5 (cumulative) ko‘rsatkichga ega bo‘lishlari kerak. Agar har qanday o‘quv yilining bahorgi semestri oxirida GPA 2.5 dan pastga tushsa, stipendiya yangilanmaydi. Biroq, agar kuzgi yoki yozgi semestr oxirida jami GPA 2.5 ga ko‘tarilsa, mukofot so‘rov bo‘yicha tiklanishi mumkin. Mukofot bakalavriatning maksimal sakkiz semestri uchun beriladi.

Grantning manfaatli tomonlari:

Xalqaro bakalavr talabalari to‘rt yillik umumiy 32000 AQSh dollari miqdoridagi grantni yiliga 8000 AQSh dollaridan olishlari mumkin.

Batafsil bu yerda:

Ulashish

Aloqador maqolalar

Grantlar

DTM natijasi chiqdi — endi nima qilaman?

Xalqaro Nordik Universiteti hali ham abituriyentlar uchun ochiq qabulni davom ettirmoqda. DTM balli yetarli bo‘lmaganlar ham universitetning ichki imtihoni, tanlov yoki akademik hujjatlar asosida talabalikka qabul qilinadi. O‘qish onlayn hujjat topshirish orqali tez va qulay tarzda amalga oshadi. 13 ta bakalavriat va 3 ta magistratura yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, zamonaviy kampuslar, chet ellik o‘qituvchilar va xalqaro imkoniyatlar taqdim etiladi. IELTS, CEFR yoki DTM balliga ko‘ra 10–50% chegir

27 105 ko'rish

Grantlar

"Millat Umidi" granti yakuniy natijalari e’lon qilindi

Millat Umidi University IDP IELTS, Cambridge International College, Result School va ISystem bilan hamkorlikda, Respublika miqyosida abituriyentlar uchun umumiy miqdori 4 milliard so‘m bo‘lgan “Millat Umidi Granti” tanlovi natijalarini e’lon qildi.

2 816 ko'rish

Grantlar

Rossiya va Chexiyada ta’lim olish uchun GRANT

Bugungi kunda O‘zbekiston fuqarolari uchun qator chet el davlatlarida grant, ya’ni bepul o‘qish imkoniyatlari bor. Ularning aksariyati Til sertifikatlari yoki juda ham katta miqdorda sarmoya talab qiladi. Bugungi maqolamizda Til sertifikati ham talab qilinmaydigan va katta miqdorda sarf-harajat ham talab qilmaydigan davlat grantlarini ko‘rib chiqamiz.

3 068 ko'rish

↑↓ tanlashEnter ochishEsc yopish