Talabalar uchun "Red Bull Basement" xalqaro tanlovi

18-sentabr 11:49
Talabalar uchun

Muddati:

24.10.2021

Davlat:

O‘zbekiston

Rasmiy havola:

it-park.uz

Grant turi:

Bakalavriatura, Magistratura

«Red Bull Basement» - bu “Red Bull” kompaniyasining yirik xalqaro tadbiri, uning milliy hamkori IT Park hisoblanadi. Tanlov doirasida yosh talabalar - ishtirokchilar dunyoni yaxshi tomonga o‘zgartira oladigan qiziqarli, ijodiy va eng muhimi, texnologik g‘oyalarni taqdim etishlari kerak.

Maqsad - o‘quvchilarni birlashtirib, ularni konstruktiv tarzda o‘zgartirishga va hozir va kelajakda dunyoga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga undash.

Tanlovda qatnashish uchun tadbirkor yoki ixtirochi bo‘lish shart emas - biz O‘zbekiston fuqaroligiga ega bo‘lgan barcha talabalar qatnashishi mumkin.

Eng qiziqarli nuqtasi, xalqaro final bosqichi bo‘ladi, unda finalchi jamoalar o‘z g‘oyalarini xalqaro hakamlar hay’atiga taqdim etishadi. Loyihaning barcha bosqichlarida ishtirokchilar foydali aloqalar o‘rnatish, ekspert maslahatlari va boshqa ko‘p narsalarni olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Tanlovda ishtirokchisiga aylanish uchun:

1. Original g‘oyani o‘ylab topish va 60 soniyali qiziqarli videoni suratga olish kerak. Video ingliz yoki rus tilida inglizcha subtitr bilan bo‘lishi kerak. Videoni https://basement.redbull.com saytiga yuklash kerak. Videoni sifati asosiysi emas: eng muhimi sizning g‘oyangiz. Jamoa bir yoki ikki kishidan iborat bo‘lishi mumkin. Jamoa a’zolari 18 yoshdan oshgan talabalar bo‘lishi va ingliz tilida ravon suhbatlasha olishlari kerak.

2. Faqat ishtirokchiga ko‘rinadigan ovozlarni yeg‘ish. Arizalar qabul qilish yopilgach, tashkilotchilar 3 kunlik ovoz berish jarayoni e’lon qiladi. Hamjamiyatning sharhi bo‘lajak hakamlar hay’ati g‘oyalarining mezonlaridan biri bo‘ladi, shuning uchun siz dunyo sizning g‘oyangizga muhtojligini ko‘rsatishingiz hamda do‘stlaringiz, oilangiz va tanishlaringizning qo‘llab-quvvatlashini olishingiz kerak.

3. Eng yaxshi ishlar milliy hakamlar hay’atiga qabul qilinadi. Hakamlar hay’ati milliy g‘olibni quyidagi mezonlarga muvofiq aniqlaydi: g‘oyaning maqsadga muvofiqligi, uning ta’sir darajasi, ijodkorligi va ariza berish bosqichida to‘plangan jamoatchilik ovozlari soni.

4. G‘oyangizga shakl bering. Xususan, milliy bosqich finalchilari o‘zlari tanlagan sohada tajribali ustozlar bilan ish joyini, individual mashg‘ulotlarni oladi, shuningdek, xalqaro uchrashuvga tayyorgarlik ko‘radi.

Har bir g‘oya hush ko‘riladi - siz talabalar shaharchasi hayotiga ta’sir etadigan yoki butun mamlakat bo‘ylab talabalar jamoasining hayotini yaxshilashga yordam beradigan o‘tkir muammolarni hal qilish yo‘llarini taklif qilishingiz mumkin. Texnologik yechim ham sizning g‘oyangizga asos bo‘lishi mumkin, ham uning bir qismi. Mavzular faqatgina sizning tasavvuringiz bilan chegaralanadi, lekin boshlanishiga siz quyidagi mavzularda fikr yuritishingiz mumkin: tana va ong, martaba, suv ifloslanishiga qarshi kurash, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash, ta’lim, odamlarni huquq va imkoniyatlari, energiya manbalari, aqlli shaharlar.

2021-yilgi Xalqaro final g‘olibi unvoniga sazovor bo‘lgan jamoa o‘z g‘oyasini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan maxsus resurslarga ega bo‘ladi.

Qo‘shimcha ma‘lumot havolada: https://basement.redbull.com/ru-ru